BMT Falastin va Isroilni muzokaraga qaytara olmayotganini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Isroilda Falastinga xayrixoh namoyish, Zaventem shahri, 15 aprel, 2012-yil.

Isroilda Falastinga xayrixoh namoyish, Zaventem shahri, 15 aprel, 2012-yil.

BMTning Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni bo’yicha koordinatori Robert Serrining aytishicha, Isroil va Falastin o’rtasida muzokaralarni jonlantirish qiyin kechmoqda. Serri bu haqda Xavfsizlik Kengashidagi munozarada so’zlagan.

"Bevosita muloqotni qayta boshlashga erisha olmadik hali. Tomonlar ikki davlat masalasi bo’yicha kelisha olmayapti. Bu o’rtada esa hududda vaziyat salbiy tomonga o’zgarib bormoqda", - deydi BMT rasmiysi.

Isroil va Falastin 2010-yildan beri yuzma-yuz muloqot qilmagan. Bosib olingan G’arbiy sohilda Isroil uy qurishni to’xtatishdan bosh tortgach, Falastin muzokaradan chiqqan.

Muxtoriyatning BMTdagi elchisi Riyod Mansur muloqotning jonlanmayotganida Isroilni ayblamoqda.

"Yahudiy davlati o’ziga tegishli bo’lmagan yerda, noqonuniy ravishda qurilish olib bormoqda, rejadan qaytishi lozim. Isroil “yer evaziga tinchlik” formulasiga zidish tutmoqda”, - deydi u.

Isroil elchisi Xaim Vaksmanning aytishicha esa, Falastin bu kabi shartlarni tashlab, muzokaraga qo’shilishi zarur.

Qo’shma Shtatlar tomonlarni muloqotga g’ov bo’lgan harakatlardan o’zlarini tiyishga chaqirmoqda.

BMT koordinatori Serrining aytishicha, Falastin hozir qiyin moliyaviy ahvolda. Saudiya Arabistoni 100 million dollar va’da qildi, muxtoriyat uchun soliq to’lovlarini yig’ayotgan Isroil esa yarim oylik to’lovni muddatidan ikki hafta oldin Falastinga topshirdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG