BMT suriyaliklar uchun 4,4 milliard dollarlik gumanitar yordam so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

O'z vatanida qochqin bo'lib yashayotgan suriyaliklar

O'z vatanida qochqin bo'lib yashayotgan suriyaliklar

BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligi 6,8 million suriyalik yordamga muhtoj deya, xalqaro hamjamiyatdan 4,4 milliard dollar ajratishga chaqirmoqda. Minglab suriyalik qochqinlarga boshpana bergan Iordaniya va Livan qo’shimcha ravishda 830 million dollar so’ramoqda. BMT shu kunga qadar salkam bir yarim milliard dollar va’da qilinganini aytmoqda.

Qochqinlar bo’yicha oliy komissar Antonio Guterresning aytishicha, agar bu muammo zudlik bilan hal etilmasa, butun boshli mintaqa uchun oqibati yomon bo'ladi, beqarorlik kuchayib, muammo ko'lami kengayib, uning yechimi uchun hozirgidan-da ko'proq pul talab qilinadi.

BMT rasmiysiga ko’ra, so’ralayotgan pul miqdori ko’p emas, ammo foydasi ahamiyatli.

"Bu pulga amerikaliklar 32 kun muzqaymoq olib yeyishi mumkin yoki avstraliyaliklar o’n hafta xorijda ta’tilga chiqishi mumkin yoki germaniyalik haydovchilar olti hafta benzin sotib olishi mumkin", - deydi Antonio Guterres.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG