BMTdan Suriyada kimyoviy qurolni yo'q qilishga doir yangi taklif

  • Amerika Ovozi

Dayr uz-Zavr, Suriya

Dayr uz-Zavr, Suriya

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyada kimyoviy qurollarni yo’q qilish ustidan qo’shma nazoratni amalga oshirishni taklif qilayapti.

Xavfsizlik Kengashiga yo’llagan maktubida Pan Gi Mun 100 kishidan iborat yangi delegatsiya tuzishni, unga BMTdan va Kimyoviy qurolga qarshi xalqaro tashkilotdan odamlarni jalb etishni taklif qildi.

Jamoa Damashqda ishlab, Kiprda mashqdan o’tadi.

Tashabbus Xavfsizlik Kengashi tasdig’idan o’tishi kerak. Masala shu hafta oxirida muhokama qilinishi rejada.

Suriyada ming tonna chamasi kimyoviy arsenal borligi aytiladi. Bu zaxiradan qutulish nihoyatda mushkul vazifa, deydi Pan Gi Mun, ayniqsa mamlakatda fuqarolar urushi davom etayotgan bir vaziyatda.

Rejaga ko'ra, 20 obyektda saqlanadigan kimyoviy arsenal kelasi yilning o'rtalariga qadar yo'q qilinishi kerak.

Bu orada, Suriya harbiy havo kuchlari Hamo va Dar'oda isyonchilar manzillarini o'qqa tutib, Idlibda ikki harbiy baza ustidan nazorat uchun kurashayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG