BMT Afg'onistonda qiynoqlar qo'llanayotganidan tashvishda

  • Amerika Ovozi

Kobuldagi qamoqxona

Kobuldagi qamoqxona

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xulosa qilishicha, Afg'onistonda mahbuslar qiynoqlarga solinadi, ammo buning davlat siyosatiga aloqasi yo'q.

BMT 22 viloyatda afg'on politsiyasi va xavfsizlik xizmati nazoratidagi 47 turmadagi ahvolni o'rgangan.

Xavfsizlik xizmati qo'lidagi 273 mahbusning yarmi suhbat chog'ida qiynoqqa solinganini aytgan. Boshqa joylarda ham ayni hol kuzatilgan.

Afg'on politsiyasi nazoratidagi 117 mahbusning uchdan biri ham qiynoqlardan o'tgani ma'lum bo'ldi.

Bunday usul, deyiladi hisobotda, ayblanuvchini aybiga iqror qildirish uchun ko'proq qo'llanadi.

Ammo, deydi BMT maxsus vakili Staffan de Mistura, mahbuslarga nisbatan bunday muomala qilish yuqoridan buyurilmaydi.

Politsiya va xavfsizlik xizmatining BMT bilan bu borada hamkorlik qilganining o'zi shundan dalolat, deydi Mistura.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG