Breaking News

BMT: Xotin-qizlarga nisbatan zor'avonlikka chek qo'yish kerak


Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurash bu hafta Birlashgan Millatlar Tashkilotida keng muhokamada bo’ldi. Uzoq munozaralar ketidan musulmon va G’arb davlatlari maxsus kodeks yozish bo’yicha kelishuvga erishgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 16-mart, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:37 0:00
Yuklab oling

Maqsad, deydi kodeks qabul qilishga undayotgan diplomatlar va faollar, ayollar himoyasini global majburiyatga aylantirish. Har bir hukumat xotin-qizlar zo’ravonlikka uchramasligini ta’minlashi shart. Buning uchun siyosiy-ijtimoiy choralar ko’rishi kerak.

Mavjud qonunlar va say-harakatlarining o’zi yetmayapti, amaliy natija bermayapti, deydi mutaxassislar.

Ko'plab davlatlarda, masalan, Tojikistonda ayollarni urish jinoyat emas.

So’nggi deklaratsiyada “yer yuzida biror ayol urf-odat, an’ana va diniy sabablarga ko’ra zo’ravonlikka uchrashi man etilsin” deb aytiladi.

Ko’plab jamiyatlarda, ayniqsa musulmon o’lkalarda xotin-qizlar chekayotgan azobni hukumatlar “mahalliy mentalitet shunday” degan bahona bilan yopishga, chetga surishga harakat qiladi.

Kodeksga qarshi chiqayotgan davlatlar orasida Rossiya, Vatikan, Eron, Misr va yana bir necha musulmon mamlakatlar bor. Ularning iddaolaridan biri shuki, BMT bunday hujjat qabul qilib, ichki masalalarga aralashmoqda. Ijtimoiy muammolarni qanday hal qilish hukumatlar iznida va BMT faqat yordam berishi kerak, deydi ular.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha, xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlik – global masala va global yechim talab qiladi. Ularning huquqlari buzilishi, ruhan va jismonan ezilishiga jahon tashkiloti va uning a’zolari yo’l qo’ymasligi va amaldagi choralar kuchaytirilishi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG