Xazina qidiradigan suvosti roboti - tadqiqot quroli

  • Amerika Ovozi

Xazina qidirish maqsadida yaratilgan qurilma har qanday odam foydalanishi mumkin bo'lgan arzon suvosti robotiga aylandi. Behzod Muhammadiy tayyorlagan navbatdagi lavha shu haqda.

"Trident" suvosti robotini yasash g'oyasi 70-yillarda xazina ovi haqida chiqqan bir maqoladan boshlandi.

"O'g'irlangan oltin suv tagidagi g'orga tashlab yuborilgani haqida maqola chiqqan edi. Xazina ovlovchilar va g'avvoslardan hech biri dengiz tubiga yeta olmagan. Erikda suv ostini o'rganish uchun ana shu robotni yasash g'oyasi tug'ildi", - deydi "Open ROV" loyihasi asoschilaridan biri Deyvid Leng.

Deyvid Leng va Erik Stekpoul smartfonni suv o'tmas qurilmaga aylantirishdi. Kichik motor uni suvda harakatga keltiradi.

Mitti robot 100 metrgacha chuqurga tusha oladi. Chuqurlik, harorat va yo'nalish ma'lumotlari videosignal orqali tepada uni boshqarib turgan operatorga uzatiladi.

Trident uning egalariga xazina topib bermadi, ammo Lengning aytishicha, haqiqiy xazina odamlarga suvosti ekotizimini yaxshiroq tushunish imkoniyatini berishdir.

"Eng muhim va eng birinchi masala odamlarni e'tiborliroq bo'lishga undash. Buning bir yo'li o'zlari ko'rib o'rganishlari uchun ularga zarur qurilmalarni berish kerak. O'zlarini jarayonning ishtirokchisi sifatida his qilishlari kerak", - deydi u.

Kashfiyotchilar arzon va ishlatish oson bo'lgan bu robotning kuchli tadqiqot quroliga aylanishidan umidvor. Qurilmani yanada takomillashtirish uchun ular odamlardan 750 ming dollar mablag' yig'ishdi. Mitti robot suzishni bilmaydiganlarni ham okean tadqiqotchilariga aylantiradi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG