Breaking News

Jahonda qochoqlar soni misli ko'rilmagan darajaga yetdi


Suriya-Turkiya chegarasidagi qochoq qizaloq
Suriya-Turkiya chegarasidagi qochoq qizaloq

Yangi hisobotga ko'ra, o'tgan yili jahonda uy-joyini tashlab chiqqan odamlar soni misli ko'rilmagan darajaga yetdi.

BMT qochqinlar idorasining Global jarayonlar nomli hisobotida yozilishicha, 2015-yilda mojaro va ta'qiblar oqibatida qochqinlar hamda vatanda sargardon insonlar keskin ko'paygan.

O'tgan yili 65,3 million inson boshpanasini tashlab qochgan. Avvalgi yildan salkam besh millionga ko'p bu. BMTning qochoqlar bo'yicha oliy komissari Filippo Grandi so'zlariga ko'ra, bugun urush va ta'qiblar ko'lami ortar ekan, qochqinlarga eshiklarini yopayotgan davlatlar soni ham oshib borayapti.

"Har daqiqada 24 kishi uyidan bosh ketishga majbur. Sargardon odamlarning uchdan ikki qismi vatanida sarson. Boshini qayerga qo'yishni bilmayotgan insonlarning 90 foizi kambag'al yoki muhtoj o'lkalardan. Boy mamlakatlardan emas", - deydi u.

Hisobotga ko'ra, uch davlat - Suriya, Afg'oniston va Somali fuqarolari jahondagi jami 21 million qochoqning yarmini tashkil etadi. Yarmi - bolalar, ko'pi oilalaridan ajralib qolgan.

Statistikaga ko'ra, o'tgan yilda 98 ming qarovsiz bola siyosiy boshpana so'rab murojaat qilgan. Bu tarixda eng yirik ko'rsatkich.

Suriya sargardon insonlarni eng ko'p yetkazuvchi mamlakat, deydi Grandi, lekin notinch o'lkalar soni ko'paymoqda. Afg'onistondan ketayotgan odamlar to'lqini kuchaygan.

Yevropa oxirgi oylarda ko'p og'izda, matbuot diqqatida bo'lsa-da, tahlilda aytilishicha, qochoqlar soni bo'yicha dunyoda oxirgi o'rinlarda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG