Harbiy oilalar o’g’il-qizlari jang maydonidan qaytishini kutmoqda


Harbiy oilalar o’g’il-qizlari jang maydonidan qaytishini kutmoqda

Harbiy oilalar o’g’il-qizlari jang maydonidan qaytishini kutmoqda

Prezident Barak Obamaning kelasi yozgacha Afg’onistondan 33 ming askarni chiqarish qarori harbiy oilalar tomonidan olqishlanmoqda.

10 yildan beri davom etayotgan urushda Amerika minglab zobitidan ayrildi va milliardlab dollar pul sarfladi.

Nyu-Yorkdagi Fort Dram harbiy bazasida joylashgan diviziya afg’on urushida xizmat qilib kelmoqda. Bir necha askarlar tobutda qaytdi.

Votertaun shaharchasi… Hokimiyat binosi devorlari turli urushlarda mamlakat sharafini himoya qilgan mahalliy zobitlarning rasmlari bilan bezatilgan. Ko’pi vatan uchun jon bergan.

2001 yildan beri AQShning urushga ketgan askarlaridan 1500 dan ziyodi tobutda qaytdi

2001 yildan beri AQShning urushga ketgan askarlaridan 1500 dan ziyodi tobutda qaytdi

Fil Gari Vyetnam urushi davrida dengiz kuchlari safida xizmat qilgan. U yil oxirigacha Afg’onistondan askarlarning bir qismini olib chiqish qaroridan mamnun. Bu shaharchada joylashgan Fort Dram harbiy bazasidan Afg’onistonga ketgan zobitlar anchagina.

“Tarixdan ma’lumki, dunyoda hech bir zamonda mutlaq tinchlik bo’lmagan. Doim mojarolar bo’lib turadi. Ularni hal qilishda davlatlar bizning hukumatdan, qolaversa BMT dan yo’rdam so’rashi tabiiy. Men prezidentimizning qarorini qo’llab quvvatlayman. Chunki unga ishonaman”, - deydi faxriy.

Votertaun o’zini vatanparvarlar shahri deb hisoblaydi.

Bu yerda asosan konservativ qarashdagi harbiylar istiqomat qiladi. AQShni tashqi kuchlardan himoya qilish sharaf va an’anaga aylangan. Shaharni kezar ekansiz, har tarafda qahramonlar uchun qo’yilgan yodgorliklarni ko’rasiz.

Fort Dram harbiy qismidan ko’plab askarlar so’nggi 10 yil ichida Afg’onistonda uch marotaba xizmat qilib qaytgan. Shahar hokimi Jefri Grem “afg’on va Iroq urushlaridan jamoamizda yashaydigan oilalar katta talofat ko’rdi”, deydi.

Harbiy oilalar o’g’il-qizlari jang maydonidan qaytishini kutmoqda

Harbiy oilalar o’g’il-qizlari jang maydonidan qaytishini kutmoqda

“Nafaqat Votertaunda, balki butun mamlakat bo’ylab odamlar urushlardan charchagan. Oxiri yo’qdek tuyuladi. Qurbonlar, sarf-xarajat va qo’shin tortishlar… Odamlar to’yib ketdi. Hamma holdan toygan. Askarlarning so’g-omon qaytib kelishini istaydi”, - deydi hokim.

Maykl Okiyendo, Adonis Rodriges va Luis Pauliniyolar ayni damda Fort Dram bazasida xizmat qiladi. Uchovlon ikki oy oldin Afg’onistondan bir yillik xizmatdan qaytdi.

Askarlarni Afg’onistondan chiqarish haqida ular turlicha fikrda. Maykl Okiyendo bu yaxshilikka olib kelmaydi deydi.

“Ba’zi paytlari o’ylanib qolaman. Biz Afg’onistonni tark etishimiz kerak emas. Ayniqsa, shuncha yutuqqa erishib turgan paytimizda. Ishimiz bitdi deya askarlarimizni ortga qaytarsak oqibati Amerika uchun yomon bo’lishi mumkin. Biz u yerda qishloqlarni birlashtirayapmiz, odamlarni birlashtirayapmiz”.

Luis Pauliniyo yuqoridagi fikrga qo’shilmaydi. “O’zimizning muammolarimiz oshib yotibdi”, - deydi u.

“O’z mamalakatimizda muammolar talay. Ularni hal qilish hamma narsadan ustun emasmi?”.

Fikrlar xilma-xil. Lekin bu yigitlar buyruq kelsa vatan himoyasi uchun yana urushga otlanadi. Buni sharaf deb biladi, so’z bergan bunga.

XS
SM
MD
LG