Tolibon yana bir xuruj sodir etgan, Amerikada esa urushga qarshi norozilik kuchaygan

  • Amerika Ovozi

Tolibon yana bir xuruj sodir etgan, Amerikada esa urushga qarshi norozilik kuchaygan

Tolibon yana bir xuruj sodir etgan, Amerikada esa urushga qarshi norozilik kuchaygan

Afg’onistoning Parvon viloyatida hokim idorasi yonida portlash ro’y berib, ikki kishi, jumladan, ayol o’lgan. Bir bola jarohatlangan. Tolibon xuruj uning ishi ekanini aytmoqda.

Rasmiylarning aytishicha, hokimga shikast yetmagan.

Portlash Afg’oniston shimolida sodir etilgan. Avvallari nisbatan tinch sanalgan shimolda toliblar bugun ancha faol. O’tgan oy oxirida hududda politsiya mahkamasi boshlig’i o’ldirib ketilgan edi.

NATO kecha janub va sharqda uch askari o’lganini ma’lum qilmoqda. Biri portlash, ikkisi esa otishmada halok bo’lgan.

AQSh qo’shinlari kelasi oy Afg’onistondan chiqa boshlar ekan, Obama qanchasini qaysi muddatda vatanga qaytarish rejasini ertaga ma’lum qiladi. 2014-yilda esa xavfsizlik butkul afg’on armiyasi zimmasiga o’tishi kerak. Hozir bu davlatda amerikalik 100 ming zobit xizmatda.

Tolibon katta hududlarni boy bergan bo’lsada, talofatlar soni oshgandan oshyapti. Biroq Amerika ahli urushdan charchab, farzandlar uyga qaytishini talab qilmoqda.

Harbiy kampaniyaga ketgan pul ichki muammolar yechimi yo'lida sarflanishi kerak, deydi ular.

“Qo’shma Shtatlar uchun Afg’oniston tinchligi haqiqatan muhim”, - deydi AQSh Senati Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Jon Kerri.

“Lekin bu harbiy kampaniya har jihatdan qimmatga tushmoqda”, – deydi u.

Respublikachi senator Lindsi Grexem askarlarni shoshib olib chiqishga qarshi.

“Yutqazamiz bundan”, - deydi u.

AQSh Mudofaa vaziri, oy oxirida iste’foga chiqayotgan Robert Geyts norozilik va toliqish hissini tushunadi.

“Biroq missiyani nihoyasiga yetkazish, Amerika xalqi xavfsizligini o’ylab ish tutish kerak”, - deb hisoblaydi vazir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG