Obama Afg’oniston, Pokiston borasida hisobot beradi

  • Amerika Ovozi

“Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurashda muvaffaqiyatlar bor. Jangarilar, ularning yetakchilari, al-Qoidaning yirik a’zolari chekina boshlagan, ko’pi qo’lga tushgan. Pokiston hukumati bilan hamkorlik yaxshilanmoqda”.

“Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurashda muvaffaqiyatlar bor. Jangarilar, ularning yetakchilari, al-Qoidaning yirik a’zolari chekina boshlagan, ko’pi qo’lga tushgan. Pokiston hukumati bilan hamkorlik yaxshilanmoqda”.

Prezident Barak Obama ertaga Afg’oniston va Pokistonga doir siyosat yuzasidan hisobot berishi kutilmoqda.

Oq Uy matbuot kotibi Robert Gibbsning aytishicha, prezident Obama amaldagi strategiyada tub o’zgarishlar qilmoqchi emas. O’tgan bir yilda mintaqada salmoqli yutuqlarga erishildi, deydi Gibbs.

“Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurashda muvaffaqiyatlar bor. Jangarilar, ularning yetakchilari, al-Qoidaning yirik a’zolari chekina boshlagan, ko’pi qo’lga tushgan. Pokiston hukumati bilan hamkorlik yaxshilanmoqda”, - deydi Oq Uy rasmiysi.

Biroq Afg’onistonda xavfsizlik hamon muammo, Pokistonda esa jangarilar hali ham faol.

Prezident Obamaning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maslahatchilari kecha majlis qilib, region haqida gaplashib olgan.

Davlat kotibasi Xillari Klinton, vitse- prezident Jo Bayden, Mudofaa vaziri Robert Geyts, razvedka rahbarlari va diplomatlar bugungi siyosat va samara haqida o’z fikrlarini bildirgan.

Qo’lga kiritilgan yutuqlar uzoqqa chidaydimi? Afg’on armiyasi ishni eplay oladimi? Tolibonga qarshi kurash haqiqatan samara berayaptimi yoki ular o’zini panaga olib, xalqaro koalitsiya ketishini poylayaptimi? Mazkur savollar hamon ochiq qolmoqda.

AQSh Afg’onistonga qo’shimcha askar jo’natmoqchi emas, deydi Gibbs. Rejaga ko’ra, kelasi yil o’rtalarida xavfsizlik mahalliy qo’shin zimmasiga o’ta boshlaydi va jarayon 2014 yilda nihoyasiga yetadi.

AQShning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha mas’ul vakili, kecha vafot etgan Richard Xolbruk o’rnini vaqtincha uning muovini Frank Ruggiero egallagan.

Afg’on strategiyasini tuzgan o’tkir arbob edi u, deydi Robert Gibbs. Xolbruk boshqargan guruh ishini davom ettiradi, oldinda hali qilinadigan ishlar ko’p, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG