AQSh mudofaa vaziri Leon Panetta Kobulda

  • Amerika Ovozi

AQSh mudofaa vaziri Leon Panetta Kobulda

AQSh mudofaa vaziri Leon Panetta Kobulda

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta kutilmaganda Afg’onistonga borgan. Shu damlarda o’n yillik urushda burilish yasaldi, zo’ravonlik ko’lami kamaydi, deydi u.

U Kobulda Amerika askarlari bilan ko’rishib, yutuqlardan so’radi. Panettaga bu borada Afg’onistonda xalqaro kuchlarga bosh general Jon Allen hisobot berdi.

Rejaga ko’ra, AQSh askarlari 2012-yilda mamlakatni tark etishi kerak. Joriy yil oxirigachha 10 ming, kelasi yil oktabrga qadar yana 23 ming zobit uyga qaytadi.

Panetta nazarida xalqaro va mahalliy qo’shin aksariyat viloyatlarni tozalashga muvaffaq bo’lgan.

Hozir Afg’oniston armiya va politsiyasi kuchayib, xavfsizlikni mustaqil ravishda ta’minlashga qodir, deydi AQSh mudofaa vaziri.

Jangarilar hujumi faollashgani sir emas. Shunday bo’lsa-da, xavfsizlik sekin-asta mahalliy kuchlar zimmasiga o’tadi, rejadan og’ish yo’q, deydi rasmiylar.

Pokiston bilan rishtalar taranglashgani jarayonga pand bermoqda, albatta, deydi ular. O'tgan oy Afg’oniston bilan chegarada NATO havo hujumida 24 askaridan ayrilgan Pokiston to’nini teskari kiyib olgan.

Hududidan o’tuvchi NATO ta’minot yo’llarini yopib, chegaraga raketa hujumiga qarshi mudofaa qurolini o’rnatib oldi. Balujistondagi harbiy havo bazasini ham bo’shatishni so’ramoqda.

AQShga qarashli pilotsiz samolyotlar ana shu aviabazadan turib shimoliy va janubiy Vaziriston mintaqalarida jangarilarni nishonga olib turadi.

AQSh mudofaa vaziri so’zlariga ko’ra, Afg’oniston Pokiston yordamisiz tinchlikka erishishi mushkul.

Kobuldan so’ng Leon Panetta Bag’dodga jo’nab, askarlar vatanga qaytishi munosabati bilan tantanali marosimda qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG