Tolibon garovdagilarni qo'yib yubordi, deputat ochlikni davom ettiradi

  • Amerika Ovozi

Tolibon garovdagilarni qo'yib yubordi, deputat ochlikni davom ettiradi

Tolibon garovdagilarni qo'yib yubordi, deputat ochlikni davom ettiradi

Afg’onistonda deputatlikdan chetlatilgan ayol norozi bo'lib, salkam ikki hafta oldin ochlik e'lon qilgan edi. U tut totmay keladi.

Shunga qaramay, saylov kommissiyasi u qatori yana sakkiz arbobga mandatini qaytarmoqchi emas.

Tergov natijalariga ko’ra, ular ovozlarni soxtalashtirish orqali deputat bo'lgan.

Komissiya rahbari Fozil Ahmad Manavayning aytishicha, yaqin kunlarda taftish xulosalari ommaga yetkaziladi.

Hirotda saylangan Simin Barakzoy ismli sobiq deputat ayol parlament binosi yonida ochlikni to’xtatgisi yo’q.

Tolibon garovdagilarni qo'yib yubordi, deputat ochlikni davom ettiradi

Tolibon garovdagilarni qo'yib yubordi, deputat ochlikni davom ettiradi

Bu orada, Afg’oniston rasmiylarining aytishicha, shimolda Fransiya nodavlat tashkilotining to'rt xodimi, sal oldin o'g'irlab ketilgan afg'onlar qo'yib yuborilgan.

Voqea kecha Faryob viloyatida, ishchilar kechki payt uyga qaytayotgan payt ro’y bergan edi. Qabilalar o'rtaga tushgach, jangarilar garovdagilarni ozod qilgan.

Bu Tolibonning ishi ekani ma'lum. Fransuzlarning ACTED nomli gumanitar tashkiloti asosan chekka joylarda ishlaydi. Fuqaro jamiyati va qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadi.

Dushanba kuni, shuningdek, Afg’oniston sharqidagi Kunor viloyatida ikki portlash olti kishini hayotdan olib ketgan. Rasmiylarning aytishicha, dastlab oddiy yo’lovchilar mingan avtomobil portlagan. Odamlar nima bo’ldi ekan, deb yugurib kelgach, yana bir mina portlagan.

Janubda NATO bir askaridan ayrilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa Afg’oniston qamoqxonalarini ko’zdan kechirib, qiynoqlar keng ko’lamli tus olgan, deya xulosa qilmoqda.

“Kamida 50 turmada bo’lib, 400 mahbus bilan gaplashdik”, - deydi BMTning inson huquqlari bo’yicha rasmiysi Jorjet Ganyon.

“Huquq-tartibot xodimlari mahbuslarning deyarli yarmini qiynoqqa solgan. Ayovsiz so’rov natijasida aksariyati jismonan va ruhan majruh bo’lib qolgan”, - deydi BMT rasmiysi.

Ganyon so’zlariga ko’ra, mahbuslar qo’li bog’liq holda elektr kabellar bilan kaltaklanib, tok urdirib zo’rlangan.

BMTning Afg’onistondagi vakili izohicha, bu qiynoqlar hukumatning ko’rsatmasi bilan amalga oshirilmagan.

“Tergovni Hamid Karzay ma’muriyati bilan birga olib borayapmiz”, - deydi Jorjet Ganyon.

“Hukumat ruxsati bilan barcha turmalarga kira oldik. Xulosani sal oldin rasmiylarga taqdim etdik va ular tergov boshlab, qator mansabdor shaxslarni ishdan bo’shatmoqda, jazoni o’tash joylarida xodimlarni qayta tayyorgarlik o’tkazishga kirishildi”, - deydi BMT vakili.

Uning aytishicha, xalqaro koalitsiya ayrim mahalliy qamoqxonalar ustidan nazoratni hozircha mahalliy kuchlarga topshirmay turadi. Afg’oniston Ishki ishlar vazirligi va razvedka xizmati BMT hisobotini rad etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG