Breaking News

2014-yildan keyin AQShning Afg'onistondagi roli hanuz mavhum


Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay (chapda) va AQSh rahbari Barak Obama Oq uyda, 11-yanvar, 2013-yil.
Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay (chapda) va AQSh rahbari Barak Obama Oq uyda, 11-yanvar, 2013-yil.
Qo’shma Shtatlar Afg’onistondan askarlarini ertaroq va butunlay olib chiqishi mumkin. Ammo mavzu tafsilotlari hanuz ma’lum emas. Kecha yetakchi rasmiylar Senat Tashqi aloqalar qo’mitasi oldida shu haqda hisobot berdi.
Afg'oniston 2014-yildan so'ng, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00
Yuklab oling
Amerika 12 yil davomida Afg’onistonda nimalarga erishdi? Ko’p narsaga, deydi Davlat departamentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Jeyms Dobbins.

“Umr ko’rish uzoqligi 44 yildan 60 yilga yetdi. Savodxonlik dunyoning eng yomon 15 foizlik ko’rsatkichdan bugun 33 foizga chiqdi. Davlatga qarashli bir dona telekanal bo’lardi, mustaqil telekompaniyalar soni hozir 75 ta. Telefonlar soni 40 mingdan 18 millionga ko’paydi. Qo’l telefonlaridan foydalanish mumkin bo’lgan hududlar maydoni 0 foiz edi, hozir mamlakatning 90 foizini egallagan. Bular katta muvaffaqiyatlar”, - deydi AQSh rasmiysi.

Pentagonning Osiyo xavfsizlik masalalari bo’yicha rasmiysi Piter Lavoyga ko’ra, afg’on xavfsizlik kuchlarini tayyorgarlikdan o’tkazish bo’yicha ham yutuqlar talaygina.

“Afg’on kuchlari hozir mamlakat bo’ylab jang amaliyotlarini olib bormoqda. Kuchli qarshilikka qaramay, so’nggi yillarda ular ko’p muvaffaqiyatlarga erishdi. Tolibon endi Afg’on Milliy xavfsizlik kuchlarini harbiy yo’l bilan yenga olmasligini tushunmoqda”, - deydi Lavoy.

Xorijiy kuchlar mamlakatni tark etgach, afg’on askarlari muvaffaqiyat qozonishda davom etadimi? Ko’pchilikni shu savol o’ylantirmoqda. Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay va AQSh rahbari Barak Obama 2014-yildan keyin bu yerda AQSh askarlarini qoldirish masalasi bo’yicha hanuz kelisha olgani yo’q. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, amerikaliklar birorta ham askar qoldirmasdan tark etishi ehtimoli ham bor. Ammo bunday bo’lishi haqiqatdan yiroq, deydi Jeyms Dobbins.

“Albatta, Afg’oniston bilan kelishmasdan turib, biz u yerda qololmaymiz. Ammo muloqotimiz natijasi shunday bo’lib chiqadi, deb o’ylamaymiz. Afg’onlar aslida bizning qolishimizni istaydi. Aksariyati shu fikrda va biz qolishga va’da berganmiz”, - deydi Dobbins.

Prezident Obamaning Afg’oniston kelajagi bo’yicha hanuz o’z mavqeini ochiq bayon qilmagani ko’plab kongressmenlarning noroziligiga sabab bo’lyapti. Respublikachi senator Bob Korker Karzayning ayrim xatti-harakatlarini ahmoqona deb atadi va kelgusi yili Afg’oniston yangi rahbarga ega bo’lishini eslatib o’tdi.

“Men ma’muriyatdan Karzaydan keyingi davrni ham hisobga olishini so’rayman. Aprelda Karzay ketadi. O’z milliy manfaatlarimizni o’ylab, dunyoning yetakchi davlati sifatida aniq qarorlar qabul qilishimiz kerak”, - deydi senator Korker.

Demokrat senator Robert Menendez esa AQSh Afg’onistonga yordam berishda davom etishi kerak, deydi.

“Afg’oniston bilan uzoq muddatli hamkorligimiz borligini AQSh yana bir bor aniq bayon qilishi kerak. Bundan boshqacha gap bo’lishi mumkin emas”, - deydi u.

Ammo senatorning qo’shimcha qilishicha, bu hamkorlikning amalga oshishi prezident Karzayning qanday qaror qabul qilishiga bog’liq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG