Rays tinchlik bitimini muhokama qilish uchun Afg'onistonda

  • Amerika Ovozi

Milliy xavfsizlik bo'yicha AQSh davlat maslahatchisi Syuzan Rays

Milliy xavfsizlik bo'yicha AQSh davlat maslahatchisi Syuzan Rays

Milliy xavfsizlik bo’yicha AQSh Davlat maslahatchisi Syuzan Rays Afg’onistonga tashrif buyurdi. U dushanba kuni prezident Hamid Karzay bilan uchrashib, mamlakatda qoladigan amerikalik askarlar taqdirini muhokama qildi.

Tashrif Raysning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi sifatidag xorijga qilayotgan ilk safaridir. AQSh rasmiysi safar davomida Afg’onistonning boshqa hududlariga ham tashrif buyurib, AQSh askarlari, taraqqiyot bo’yicha mutaxassislar hamda diplomatlar bilan ham uchrashadi.

Yakshanba kuni Afg’oniston oliy maslahat kengashi – Loya Jirg’a prezident Karzayga AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik kelishuvini zudlik bilan imzolashni tavsiya qildi. Ammo Karzay bu ishda shoshmasligini bildirdi.

Uning aytishicha, AQSh tinchlikni ta’minlash bo’yicha bergan va’dalarining ustidan chiqishini ko’rish uchun biroz kutish kerak. U ikki tomonlama bitimga imzo qo’yishni aprel oyida bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlaridan keyinga qoldirmoqchi.

AQSh bitimning kechiktirilishiga qarshi. Rasmiylarning aytishicha, askarlarni qoldirish bo’yicha uzoq muddatli rejani ishlab chiqish uchun yil oxirigacha kelishuv imzolanishi kerak.

Bitimda AQSh askarlarining mamlakatda qolishi va Tolibonga qarshi kurashda hukumatga yordam berish shartlari o’z ifodasini topgan. Hujjatning 2015-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi belgilangan. Ungacha xalqaro kuchlar Afg’onistonni butunlay tark etishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG