AQSh Afg'onistondan barcha askarlarini olib chiqadi

  • Amerika Ovozi

AQSh prezidenti Barak Obama Pentagonga yil oxirigacha barcha askarlarni Afg’onistondan olib chiqishga tayyor turishni buyurgan.

Avvalroq Obama ma’muriyati, agar Kobul bilan tuzilgan Xavfsizlik bitimi imzolanmasa, barcha AQSh kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketish haqida ogohlantirgan edi.

Oq uyning ma’lum qilishicha, Obama bugun Afg’oniston prezidengi Hamid Karzayga shu haqda ma’lum qilgan.

Oq uy so’zlovchisi Jey Karnining aytishicha, Vashington yil oxirigacha ikki tomonlama bitimning imzolanishiga umid qiladi; ammo u qanchalik kechiksa, 2014-yildan keyin qoladigan AQSh kuchari miqdori va missiyasi shunchalik kichkina bo’ladi.

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl askarlarni butunlay olib chiqib ketish yoki ma’lum qismini qoldirish bo’yicha mavjud har ikki holat uchun ham tayyorgarlik ko’rilishini ta’kidladi.

Ikki tomonlama xavfsizlik bitimida 10 ming AQSh askarini yana 10 yil muddatga qoldirish ko’zda tutilgan. Karzay xalqaro kuchlarning oddiy fuqarolar uylarida reyd o’tkazayotganini ro’kach qilib, Vashington bilan tuzilgan kelishuvni imzolashdan bosh tortmoqda. U, shuningdek, qo’l qo’yishdan oldin Tolibonning muloqot boshlash uchun roziligi haqida kafolat istamoqda.

Bunga javoban Obama ma’muriyati, agar bitim o’z vaqtida imzolanmasa, AQShning mamlakatdagi harbiy roliga butunlay barham berilishi haqida ogohlantirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG