AQSh Afg'onistonda "Islomiy davlat"ga qarshi "bombalarning onasi"ni qo'lladi

  • Amerika Ovozi

11 tonnalik portlovchi modda AQSh havo kuchlari tomonidan "Barcha bombalarning onasi" deb ataladi.

AQSh harbiylarining aytishicha, Afg'onistonda "Islomiy davlat" guruhiga qarashli yer osti bunkeriga armiya ixtiyoridagi eng kuchli bomba tashlangan.

Pentagon bayonotida aytilishicha, "GBU-43" nomli bomba Pokiston chegarasi yaqinidagi Nangarhor viloyati Achin tumanidagi tunnelga qarshi ishlatilgan.

11 tonnalik portlovchi modda AQSh havo kuchlari tomonidan "Barcha bombalarning onasi" deb ataladi.

Ushbu bomba urush zonalarida ilk bor qo'llanildi, deydi Pentagon so'zlovchisi Adam Stamp.

Oq uy soz'lovchisi Shon Spayser ushbu bombaning ishlatilishiga Prezident Tramp ruxsat bergan yoki bermagani haqida ma'lumotga ega emasligini qayd etib, ayni paytda jangarilarga imkon bermaslik kerakligini va shu ish qilinganini aytdi.

Afg'onistondagi AQSh kuchlari qo'mondoni general Jon Nikolsonning aytishicha, IShID so'nggi paytlarda o'z mudofaasini kuchaytirish uchun bunker va tunnellardan ko'p foydalanmoqda.

Buni bartaraf etish uchun shunday bombani ishlatishni lozim topdik, dedi u.

Bomba tashlanishi ortidan yetkazilgan zarar ko'lami va qurbonlar soni haqida hozircha ma'lumot yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG