Breaking News

Obamaning Afrika safari savdo, sarmoyaga bag'ishlanadi


AQSh prezidenti Barak Obama Afrika safarini Senegaldan boshladi.
AQSh prezidenti Barak Obama Afrika safarini Senegaldan boshladi.
AQSh rasmiylarining aytishicha, janubiy Afrika, dunyoning eng yo’qsil aholisi yashayotgan mintaqa bugun global o’sish markaziga aylangan. Amerika sarmoyasi va savdosi regionda iqtisodiy o’sishga yordam berishi mumkin.

Prezident Barak Obama Afrika safari davomida mahalliy savdo arboblari bilan uchrashmaqchi.

Ekspertlarning aytishicha, dunyoning eng tez o’sayotgan iqtisodlari Afrikada va taraqqiyot uchun yirik imkoniyatlar bor. Oxirgi bir necha o’n yilda regionning salohiyati keskin o’sgan. Afrikaning o’zida va AQSh bilan savdo oshayapti va undanda kengayishi mumkin.

AQSh rasmiylarining aytishicha, Afrikada oilalar daromadi yaxshilanib borayapti. Bu esa Amerika mahsulotiga talabni oshirishi, AQShda ish joylari ko’payishiga hissa qo’shishi mumkin.

Lekin Xitoy hozir Afrika davlatlari bilan kengroq savdo rishtalariga ega. Amerikadan farqli ravishda Xitoy oldi-sotdi qilishdan oldin hamkorlarga siyosiy shartlar qo’ymaydi.

AQSh savdo masalalari bo’yicha mas’ul Maykl Fromanning aytishicha, Amerika kompaniyalari kelajakni o’ylab takliflar olg’a suradi.

“Afrika ko’proq sarmoya jalb qilmoqchi, ayniqsa, AQSh investitsiyasini. Amerika kompaniyalari pul kiritsa, odatda mahalliy kadrlarni ishga oladi, tayyorgarlikdan o’tkazadi, ularni qo’llab-quvvatlaydi, mahalliy jamoalar hayotini yaxshilashga e’tibor beradi. Shunisi bilan ajralib turadi. Faqat Afrikadan bor tabiiy zaxiralarni olib chiqib ketish bilan shug’ullanmaydi”, - deydi Froman.

Uning aytishicha, bu sarmoyalar xayriya emas, balki daromadga, muayyan unumga qaratilgan loyihalar.

Qo’shma Shtatlar va boshqa donorlar Afrikadagi yo’qsillarga yordam ajratishda davom etayapti. Froman deydiki, investitsiya va savdo AQShning kambag’allikka qarshi kurash strategiyasining muhim tarkibiy qismi.

“Biz ham savdo qilamiz, ham madad beramiz”, - deydi Froman.

Obamaning Afrikaga safari paytida qonun ustuvorligini ta’minlash haqida muhokama qilinadi. Bizneslar bilan bog’liq masalalar sudda xolis ko’rilishiga ishonch bo’lsa, kompaniyalar o’sishi, ko’proq odam yollashi mumkin bo’ladi.

Savdo bo’yicha mutasaddilar mintaqaviy oldi-sotdi haqida ham gaplashadi. Muhokama qilinayotgan takliflardan biri – Afrika bo’ylab qatnayotgan eksport mahsulotiga tariflarni to’lashni osonlashtirish. Jarayon sekin ekani eksportga ziyon qilib, iqtisodiy o’sishni sekinlatmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG