Breaking News

Klinton: SPIDdan xoli dunyo uchun kurashda davom etamiz


“Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q", - deydi Xillari Klinton.
“Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q", - deydi Xillari Klinton.
Vashingtonda bugun SPIDga qarshi xalqaro konferensiyaning uchinchi kuni. Minglab ishtirokchilar orasida diplomat, siyosatchi va yulduzlarni ko’rasiz.

Kecha unda so’zlagan Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, kelajak SPIDdan xoli bo’lishi kerak. Amerika bu dardga qarshi jahon bo’ylab kurashishda davom etadi, deydi u.


Vich/SPID bilan kasallangan qo’shiqchi Jamar Rojers poytaxtdagi anjumanda sahnani gullatdi. “Biz hayotmiz!”, “Biz tirikmiz!” deya kuyladi u.

SPIDga qarshi xalqaro konferensiya norozilik namoyishlari uchun uchun ayni muddao bo’ldi.

Namoyishchilar Vashingtonda kasalmand fuqarolar uchun boshpana, qulay sharoit talab qilmoqda. Mer Vinsent Grey so’zga chiqqanida ensasi qotganlar bo’ldi. Poytaxtda Vich epidemiyaga aylangan.

Shimoliy Karolinadan kelgan radio boshlovchi Jeromi Dann atrofga qarab ruhlandi: “Maqsad o’zi shu. Haqqimizni talab qilib chiqish, g’azabni yashirib o’tirmaslik”.

Vichga yo’liqqan Dann doim dori ichib yurishi kerak. Uning aytishicha, oxirgi 20 yilda tibbiyotda erishilgan yutuqlar salbiy oqibatlarga yetaklagan.

“Samarali antiretrovirus terapiyasi ishlab chiqilganidan beri o’zimizni bo’sh qo’ydik. Erishilgan marrada to’xtadik. Holbuki, mana bugungidek hissiyot, e’tiroz, talabchanlikni qo’ymaslik kerak”, - deydi Dann.

Kaliforniyada asoslangan bir jamoa loqaydlik va e’tiborsizlikka qarshi kurashda yumor, shovqin va hamjihatlikni qurol qilib tanlagan.
Vich haqida, jinsiy aloqada ehtiyot vositalar haqida odamlar bilimini oshirib keladi bu faollar.

Britaniyalik rok yulduz Elton Jon fikricha, Vich/SPID haqida noto’g’ri tasavvur bu dardga qarshi kurashga halaqit berib keladi:

“SPID kasalini virus paydo qiladi. Lekin SPID epidemiyasiga yanglish tushuncha, nafrat, savodsizlik va e’tiborsizlik kabilar turtki berishi shubhasiz”.



Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu dardga qarshi kurashda davom etadi.

“Amerika SPIDdan xoli avlod uchun astoydil harakat qilish qarorida qat’iy. Biz chekinmaymiz. Orqaga qaytish yo’q. Ushbu tarixiy marraga yetish uchun zarur mablag’ topamiz, buning uchun kurashishda davom etamiz”, - deydi Klinton.

Qo’shma Shtatlar virus onadan bolaga yuqishining oldini olish yo’lida 2015-yilga qadar qo’shimcha 80 million dollar ajratishga qaror qilgan. Oxirgi 20 yilda ilk bor Amerika mezbonlik qilmoqda bu xalqaro konferensiyaga.

BMT hisobicha, o’tgan yilida Vich/SPIDga chalinganlar soni 34 millionni tashkil etgan. Kasallik 1,7 million odamning hayotiga zomin bo’lgan.

SPIDga qarshi xalqaro anjuman/AIDS conference in Washington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00
Yuklab oling



  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG