AQShning Rossiyadagi elchisi iste'fosi haqida ma'lum qildi

  • Amerika Ovozi

AQShning Rossiyadagi elchisi Maykl Makfol

AQShning Rossiyadagi elchisi Maykl Makfol

AQShning Rossiyadagi elchisi Maykl Makfol oilaviy sabablarga ko’ra lavozimidan erta ketishini bildirdi. U o’z blogida Sochidagi Qishki Olimpiya o’yinlaridan so’ng iste’fo berib, vataniga qaytishini aytdi.

Makfol 2011-yil dekabridan beri elchilik qiladi. 2008-yilda Vladimir Putin prezidentlikdan ketganidan so’ng AQSh-Rossiya munosabatlarini yangilash siyosatining mualliflaridan hisoblanadi.

Putin prezidentlikka 2012-yilda qaytib kelgach, aloqalar yana taranglashdi. Makfol Rossiya parlamenti va matbuotida eng ko’p tanqidga uchragan diplomatlardan.

Oq uy prezident Barak Obama nomidan bayonot chiqarib, elchining AQSh manfaatlarini xorijda targ’ib qilish yo’lidagi faoliyatini olqishlab, unga minnatdorchilik bildirdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG