AQSh elchisi Xo'jand yoshlari bilan fikr almashdi


AQSh Markaziy Osiyo yoshlari bilan muloqotni kengaytirishga urinmoqda.

Yaqinda Amerikaning Tojikistondagi elchisi Syuzan Elliot Xo'jandga borib, mahalliy ziyolilar va talabalar bilan gaplashdi.

Diplomat viloyat va shahar rahbarlari hamda hunarmandlar bilan ham uchrashdi.

Syuzan Elliot Xo'jandga tashrifi chog’ida Sug’d viloyat kutubonasi bilan AQSh elchixonasi o’rtasida hamkorlik bitimi imzoladi. Markazga 5 dona kompyuter majmuasi taqdim etdi.

AQSh elchisi Isfara nohiyasida yangi Amerika burchagi ochilish marosimida va hunarmandlar ko’rgazmasi ham ishtirok etdi.

Diplomat deydiki, Vashington Tojikistonga tibbiy va gumanitar yordamni oshirishga harakat qilmoqda. Yaqinda Dushanbedagi qandli diabet kasalliklari respublika endokrinologik markaziga 15,2 million dollarlik dori-darmonlar taqdim etildi.

Bundan ilgariroq esa Syuzan Elliot Tojikiston chegara qo’shinlari uchun 2 million dollarlik transport vositalari va maxsus jihozlari topshirgan edi. Bu ko’mak AQSh Markaziy qo’mondonligining narkotiklarga qarshi kurash programmasi asosida berildi.

Taqdim etilgan jihozlar orasida Tojikiston chegarachilari uchun nihoyat zarur bo’lgan 10 dona qorda yuruvchi transport vositasi, 650 mobil radiostansiya, ellikka yaqin kompyuter jihozlari, quyosh nurida ishlovchi uskunalar va individual himoya vositalari bor.
XS
SM
MD
LG