AQSh armiyasi qisqarishi kutilmoqda

  • Amerika Ovozi

“Nyu-York Tayms” gazetasining xabar berishicha, Obama ma’muriyati AQSh armiyasi sonini Ikkinchi jahon urushidan beri ilk bor kamaytirmoqchi.

Pentagon rasmiylarining gazetaga bildirishicha, mudofaa vaziri Chak Xeygel kelasi bir necha yilda harbiylar sonini 440 ming-450 minggacha tushirmoqchi.

Armiya 2001-yil 11-sentabr xurujlaridan so’ng kengayib, ayni damda uning safida 570 ming zobit xizmat qilmoqda. Qisqartirishlardan maqsad pul tejash. AQShning Iroq va Afg’onistondagi urushlari g’aznaga qimmatga tushdi.

Taklif qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar e’tiroziga sabab bo’lishi tabiiy. Saylov okrugida joylashgan harbiy bazalarni saqlab qolish maqsadida ayrim qonunchilar ham bunga qarshi chiqishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG