AQSh Janubi-sharqiy Osiyo harbiy tayyorgarligini oshiradi

  • Amerika Ovozi

AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel

AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel

Qo’shma Shtatlar Janubi-sharqiy Osiyoda harbiy ta’lim va trening dasturlari uchun yordam pulini oshirganini ma’lum qilmoqda.

Mudofaa vaziri Chak Xeygelning Malayziyaga safari chog’ida aytishicha, Pentagonda buning uchun 90 million dollar ajratilgan. Bu to’rt yil oldingi mablag’dan 50 foiz ko’p.

Vashington strategik e’tiborni tobora Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qaratar ekan, Oq uy ma’muriyati hududda diplomatiya, iqtisodiyot va xavfsizlik bobidagi rolini muvozanatga solmoqchi, deydi Xeygel.

Xitoy AQShning mintaqaga qiziqishi kuchayganidan xavotirda. Pekin nazarida Qo’shma Shtatlar uni qurshab olish harakati orqali qo’shni davlatlarni Xitoyga qarshi dadilroq bo’lishga da’vat etmoqda.

Xeygelning aytishicha, Xitoy va Hindiston hudud xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o’ynashi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG