Breaking News

Texasda muhojirlar biznes imperiyalar yaratmoqda


Osiyolik tadbirkorlar - Texas shtatida - US/Texas Asians
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

Osiyolik tadbirkorlar - Texas shtatida - US/Texas Asians

Texas shtatining Xyuston shahrida osiyoliklar ko’p. AQShdagi to’rtinchi eng katta shahar etnik jihatdan eng rang-baranglaridan. Aksariyat osiyolik muhojirlar bu yerga energetika va tibbiyot sohasida ishlash maqsadida keladi. Boshqalar o’z biznesini boshlaydi. Muhojirlar sharofati bilan xitoylik bir immigrant butun boshli biznes imperiyasini yaratdi.

Xitoy madaniyati Xyustonning ajralmas qismiga aylangan. Shu bilan birga, yosh xitoyliklar texaslik ekani bilan faxrlanadi.

Xitoyda tug’ilgan Vey Li bu shaharda “Southern News Group” kompaniyasiga asos solgan, 35 yil oldin.

“Do’stlar bilan yig’ilib kompaniyaning 35 yilligini tantanali nishonladik,” - deydi u.

Li ishni o’sha paytlar Xyustondagi kichik bir xitoylar jamoasi uchun gazeta chiqarishdan boshlagan.

Hozir bosmaxonasidan AQShning 10 shahrida qator tillardagi gazeta va jurnallar chiqadi.

“Har soatda 28 mingta nusxa bosmadan chiqadi”.

2000-yildan buyon Xyustonda osiyoliklar soni 70 foizga ko’paydi. Bu Lining biznesi uchun ayni muddao, chunki uning nashriyotidan Osiyoning bir necha tilida gazeta chiqadi.

Xyustonda osiyoliklar – yetti foiz. Oq tanli va ispanzabonlarga qaraganda kamroq – har biri chamasi 40 foiz. Shu bilan birga, osiyoliklar o’qimishli, badavlatroq.

Vey Li bosmaxona orqali ko’pgina muhojirlar yo’lini topib ketdi, deydi.

“Ko’plar Xyustonga, bu yerdagi xalqaro dahaga ko’chib keladi. Ularga yordam beramiz. Biznes boshlashda ko’maklashamiz,” - deydi tadbirkor.

Li biznesini kengaytirib, asta-sekin televideniye va internet orqali xitoyliklar uchun ko’rsatuvlar tayyorlay boshladi.

Xitoy taomlari mashhur ekani sababli telekanalda pazandalikka bag’ishlangan dasturlar bor.

Los-Anjelesdagi telestansiya bilan hamkorlikda bu telekanal Xyustondan turib kuni bo’yi ko’rsatuvlar namoyish qiladi.

Xitoy uchun dasturlar internetda ham bor. Diktor Tonyan Jan Xitoyda Xyustonga qiziqish katta, deydi.

"Xyuston qanday shaharligini bilgisi keladi ular. Sarmoya kiritsa bo’ladimi? Bu yerga kelsa, ish topa oladimi? O’qishga kira oladimi? Shular qiziq,” - deydi u.

"Maktabga kirish, Amerikadagi eng zo’r kollejda o’qish uchun nima qilish kerak? Xitoy tomoshabinlari bilgisi keladi,” - qo'shimcha qiladi Li.

Media biznesidan tashqari Li Xyustondagi Chaynataunda Xalqaro savdo markaziga asos solgan va mahalliy bankning ochilishiga ham katta hissa qo’shgan.

“Bizlarga shuncha imkoniyat yaratgan bu buyuk davlatga juda minnatdormiz. Yana qaysi o’lkada bank ochish mumkin? Bosmaxona-chi? Bunday ishlarni faqat Amerikada yuritasiz”.

Xyustonda osiyoliklar Nyu-York va San-Fransiskoga qaraganda tezroq ko’paymoqda. Bu esa “Southern News Group” kompaniyasi kelajakda o’sishda davom etadi, degani.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG