AQSh qochqinlar va tinchlik uchun 32 million 267 ming ajratmoqda

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar Qirg'izistondagi vaziyatdan qattiq xavotirda va uni yaqindan kuzatmoqda. Davlat departamenti, tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, hozir butun diqqat O'zbekiston tomon yo'nalib madad so'ragan qochqinlarga va mintaqada tinchlikni ta'minlashga qaratilishi kerak.

Vashington nazarida buning uchun xalqaro hamjamiyat birga ishlashi, BMT va boshqa tashkilotlarni yaqindan quvvatlashi lozim.

Shu maqsadda Amerika xalqi 32 million 267 ming dollar va'da qilmoqda. Bu mablag' asosan qochqinlar va boshpanasiz qolgan aholiga insonparvarlik yordami ko'rsatish, mojaro ro'y bergan hududlarni tiklash va qayta qurish, aholi uchun zarur sharoit yaratish va barqarorlik yo'lida sarflanadi. Rasmiylarning aytishicha, yaqin kelajakda yordam miqdori oshirilishi mumkin.

32 million 267 ming dollar aynan quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:

- 217 000 dollar, tibbiy va favqulodda zarur vositalar uchun. Bu yordam AQShning Bishkekdagi elchixonasi tomonidan samolyotda O’sh and Jalolobodga Qirg’iziston Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda yetkaziladi.

- 3 million 65 ming, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi bu mablag’ bilan Qirg’iziston janubi aholisi, shu jumladan qochqinlarni dori-darmon, tibbiy vositalar, gigiyena mahsulotlari va boshpana bilan ta’minlaydi. Agentlik bunda BMT organlari, nohukumat tashkilotlar, AQShning Bishkek va Toshkentdagi elchixonasi bilan yaqindan ish olib boradi.

- 5 million 85 ming, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi bu pulni mahallalarni tiklash, barqarorlashtirish, jumladan kichik turdagi inshootlar barpo etish, mahalliy boshqaruvni mustahkamlash va ish o’rinlari yaratish uchun hamda ta’lim sohasiga sarflaydi.

- 15 million dollar, qochqinlar va aholiga zudlikda insonparvarlik yordami ko’rsatish uchun. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi yangi dasturlar boshlaydi.

- 5 million dollar, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarimoy Qo’mitasiga, shuningdek BMT qochqinlar agentligining Qirg’iziston va O’zbekistondagi faoliyatini quvvatlash uchun beriladi.

- 1,5 million dollar, Davlat departamenti yuritadigan dasturlar uchun, xususan demokratiya va oshkoralikni ta’minlash hamda inson huquqlari himoyasi uchun.

- 1 million dollar, Qirg'izistonda qishloq xo’jaligini quvvatlash dasturlari uchun, xususan o’g’itlar, yonilg’i va mo’l hosil olish uchun talab qilinadigan boshqa vositalar bilan ta’minlash.

- 50 ming dollar, AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan qochqinlarga bevosita yordam ko’rsatish uchun.

Vaziyat biroz o’nglanishi bilan Amerika xususiy sektori va xayriya tashkilotlari ajratayotgan beg’araz yordam Qirg’izistonga yetkazilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG