Qora tanlilar politsiyadan nega norozi?

  • Amerika Ovozi

AQShning qora tanli aholisi politsiyani irqchilik va diskriminatsiyada ayblaydi. Sabab - so’nggi bir yilda bir necha kishi huquq-tartibot xodimlari tomonidan otib yoki urib o’ldirildi.

Ayni damda Merilend shtatida olti politsiyachi vaqtincha ishdan chetlatilgan. Ular hibsga olgan 25 yoshli yigitning o’limi tekshirilmoqda.

Guvohlar qo’l telefoniga yozib olgan videoda Freddi Grey ushlangani ko’rsatilgan. Oradan sal o’tib, yigit politsiya qo’lidan qochadi. Keyingi kadrlarda beliga pichoq sanchilgan Greyni sudrab mashinaga olib ketishayotganini ko’rasiz.

Bir haftadan so’ng yigit kasalxonada vafot etgan. Advokatlar deydiki, uning umurtqa pog’onasiga shikast yegan.

Voqea tergov ostida. Freddi Greyni olib ketayotganda mashina ichida nima ro’y bergani noma’lum. Bir necha shtatda qora tanlilar politsiya dastidan halok bo’lgach, inson huquqlari poymol etilayotgani haqidagi tanqidlar kuchaygan.

“Politsiyadan aynan shu sabab qochamiz. Chunki bilamizki, bo’ynimizda bir ayb qo’yib, baribir qamab qo’ishadi”, - deydi Shon ismli fuqaro. “Mana shunday fojialarga e’tibor qaratish uchun bir odamning o’lishi shartmidi?”

Huquq-tartibot idoralariga umuman ishonch yo’q, deydi boshqa biri. “Ular vakolatidan odamlarni qiynash, zulm o’tkazish uchun foydalanadi”.

Freddi Greyning o’limidan so’ng Baltimorning turli chekkalarida namoyishlar ketidan namoyishlar… Fuqarolar politsiya idoralari qarshisida turib olib, adolat talab qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG