AQSh Bangladesh bilan terrorizmga qarshi hamkorlikni kuchaytiradi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina bilan, Dakka, Bangladesh, 29-avgust, 2016-yil.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina bilan, Dakka, Bangladesh, 29-avgust, 2016-yil.

AQSh davlat kotibi dushanba kuni Bangladeshga tashrif buyurdi. Jon Kerri iqtisodiy taraqqiyot, terrorga qarshi kurash hamda ikki mamlakat aloqalari xususida gaplashgan.

Bundan ikki kun oldin poytaxt Dakkada politsiya reydida uch jangari yo’q qilingan. Ular o’tgan oy xorijliklar o’tirgan kafega hujum qilgani aytiladi.

Kerrining aytishicha, Bangladesh terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan yaqin yaqin hamkorlik qilish istagini bildirgan. Har ikki tomon o'zaro axborot almashish va huquq-tartibot organlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha kelishib olgan.

Kerri "Amerika Ovozi" muxbiri bergan savolga javob berib, Iroq va Suriyada faoliyat yurituvchi "Islomiy davlat" jangari guruhi dunyoning yettita boshqa terror guruhlari bilan hamkorlik qilayotganini va ulardan biri Janubiy Osiyoda ekanini tilga oldi. Ekstremistlar Bangladeshdagi ayrim shaxslar bilan aloqada ekani ham shubhasiz, deya qo'shimcha qildi AQSh Davlat kotibi.

Kerri qo’shni Hindistonda ham bo’lib, Kashmirdagi vaziyatni muhokama qiladi. Iyul oyidan beri hududda namoyishchilar hind askarlari bilan to’qnashib, ko’plab odam o’lgan.

Kashmirda ayni damda komendant soati amalda, maktablar va do’konlar yopiq. Mintaqani 12 yil oldin tark etgan hind askarlari xavfsizlikni ta’minlash uchun Kashmirga qayta safarbar etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG