Jo Bayden Yaqin Sharq bo'ylab safarda

  • Amerika Ovozi

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Abu-Dabi yaqinidagi Al-Dafra aviabazasida amerikalik askarlar bilan uchrashmoqda, 7-mart, 2016-yil

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Abu-Dabi yaqinidagi Al-Dafra aviabazasida amerikalik askarlar bilan uchrashmoqda, 7-mart, 2016-yil

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden bu hafta Yaqin Sharqda. Dushanba kuni u Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lib, Abu-Dabi yaqinidagi Al-Dafra aviabazasida joylashgan amerikalik askarlar bilan uchrashdi. Qo’shma Shtatlar Iroq va Suriyada “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi kurashar ekan, Bayden terrorchi to’dani qo’rqoqlar va jinoyatchilar deb atadi.

“IShIDning yuragini shu qadar qattiq ezaylikki, zahrini ortiq dunyoning boshqa chekkalariga socha olmasin. Hamkor davlatlar bilan jangarilari va ularning rahbarlarini nishonga olyapmiz. Moliyasini, neft savdosidan tushayotgan daromadini kesyapmiz”, - deydi Amerika vitse-prezidenti.

Bayden amirlik rahbarlari bilan uchrashdi, Shayx Zayid masjidiga tashrif buyurdi. Vitse-prezident seshanba kuni Isroilda ham bo’ldi. Chorshanba kuni Falastinga, payshanba kuni esa Iordaniyaga borishi kutilmoqda.

AQSh Prezidenti Barak Obama Isroil rahbari Benyamin Netanyaxuni 17-18-mart kunlari Oq uyga taklif qildi, ammo Netanyaxu kutilmaganda taklifni rad etdi. Rasmiy izoh shuki, Isroil bosh vaziri o’z tashrifi bilan Amerikada kechayotgan saylov kampaniyasiga ta’sir qilishni istamaydi. Ta’kidlash joiz, so’nggi bir necha oydan beri ikki ittifoqchi davlat munosabatlarida taranglik kuzatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG