Turkmaniston rahbari Amerika rasmiysini qabul qiladi

  • Amerika Ovozi

Qurbonguli Berdimuhammedov 2006-yildan beri prezident

Qurbonguli Berdimuhammedov 2006-yildan beri prezident

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) 26-27 iyun kunlari Ashgabatda.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv rejalangan. Yetakchi diplomat shuningdek boshqa qator rasmiylar bilan muloqot qiladi.

Kun tartibidagi masalalar - energetik hamkorlik, inson huquqlari, iqtisod va sarmoya.

Muzokaralar ketidan AQShning Ashgabatdagi elchixonasida matbuot anjumai o'tishi kutilmoqda.

Turkmaniston dunyodagi eng yopiq jamiyatlaridan biri. Markaziy Osiyoning avtoritar tuzumlari haqida gap ketganda, u davlat hamisha "eng og'iri" deya tilga olinadi.

Repressiv siyosat sabab tashqi dunyo bilan aloqa va hamkorlik har tomonlama cheklangan.

Tabiiy gazga boy mamlakat uchun xorijiy rishtalarni tebratishda bu zaxiralari va asosiy mahsulot qo'l keladi.

Amerika Afg'onistondagi harbiylarga zarur yuk va yonilg'i tashishda Turkmaniston hududidan foydalanadi.

Qo'shni davlatlar singari bu respublikani ham Vashington mintaqaviy birdamlikka, integratsiyaga undab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG