Breaking News

Amerikaning janubiy chegaralarida daydi bolalar ko'p


Mavjud qonunlarga ko'ra, AQSh o'z chegarasiga kelgan bolani qaytara olmaydi. Tekshirib, keyin lozim topilsa, deportatsiya qilinadi. Prezident Obama bu qonunni o'zgartirmoqchi.
Mavjud qonunlarga ko'ra, AQSh o'z chegarasiga kelgan bolani qaytara olmaydi. Tekshirib, keyin lozim topilsa, deportatsiya qilinadi. Prezident Obama bu qonunni o'zgartirmoqchi.

Kongress immigratsiya islohoti masalasini bu yil ko’rib chiqmoqchi emas. Oq uy nazarida qonunchilar mamlakat oldida turgan eng dolzarb muammolardan birini hal etishga shoshmay xato qilmoqda. Prezident Barak Obama deydiki, immigratsiya tizimi buzuq va uni tubdan yangilash kerak.

Har kuni Amerikaning janubiy chegaralarida yuzlab bolalarni ko’rasiz, daydib yurishadi, bir amallab kirish ilinjida. Immigratsiya xizmati ularga befarq bo’la olmaydi. Hujjati bo’lmasa, ularni deportatsiya qilish kerak, lekin avvalo izchil tekshiruvdan o’tkazish lozim.

Amerikaning janubiy chegaralarida daydi bolalar ko'p - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00
Yuklab oling

“Sistema shu qadar ishdan chiqib ketganki, odamlar qoida va choralarni aniq bilmaydi”,- deydi Obama.

Oqibatda, deydi prezident, qoradori savdogarlari, odam savdogarlari va uyushgan jinoiy guruhlar tizimdagi mavhumlikdan foydalanib, Amerikaga migrantlar va mahsulotlarni olib kiradi. Noqonuniy muhojirlar va ularni ishlatadigan bizneslar AQSh iqtisodiyoti va mehnat bozoriga milliardlab dollar zarar keltiradi.

Vakillar palatasida hukmron respublikachilar nazarida esa prezident taklif qilayotgan o’zgarishlar muammoni baribir hal qilmaydi. Oq uy yaxshisi ko’proq o’ylansin va tuzukroq loyiha ustida ishlasin, deydi konservatorlar.

Obama esa Kongress mas’uliyatsiz organ deydi.

“Prezidentlik vakolatlarimni ishga solib, tegishli vazirliklarga chegara nazorati uchun ko’proq mablag’ ajratish va xizmatchilarni ko’paytirishni buyurdim. Xavfsizlikni ta’minlash va xavfli jinoyatchilarni deportatsiya qilish – ustuvor vazifalar. Chegaralarimizni mahkamlash uchun iznimizdagi resurslardan to’g’ri foydalanamiz va qo’ldan kelgan barcha chorani ko’ramiz”.

O’tgan yilning oktabr oyidan beri Janubiy Amerika mamlakatlaridan birgina Texas shtatiga 52 mingdan oshiq bola kelgan. Ayrim amerikaliklar fikricha, Gvatemala, Gonduras va Salvadordan odamlar oqib kelayotganida hukumat aybdor.

Texasdan advokat Greg Abbott:

"Davlatimizda qabul qilingan qonunlar shunga zamin yaratgan. Markaziy Amerika ahli bolalarini bemalol yuboraveradi, chunki AQSh ularni qaytarmaydi”.

Gap shundaki, oldingi prezident Jorj Bush davrida amalga kirgan qonun chegaraga kelgan bolalarni orqaga qaytarmaslikni talab qiladi. Ular tekshirilishi shart. Prezident Obama bu qonunni o’zgartirmoqchi. Masalani hal etish uchun 2 milliard dollar mablag’ zarur.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Je Jonson Markaziy Amerika hukumatlariga murojaat qilib, voyaga yetmagan avlodni tashlab qo’ymaslikka undamoqda.

“Farzandlaringizni qanday qilib bir yarim ming kilometr uzoqdagi yurtga yolg’iz jo’natayapsiz? Ular avval Meksikadan o’tishi, keyin esa Texas shtatiga yetib kelishi kerak. Nahotki, ota-ona yoki bu bolalarning yaqinlari, vatani shunga rozi? Bilib qo’ying, ular sizga kerak emasmi, demak, boshqalarga ham kerak emas. Ularni qabul qila olmaymiz, hujjatsiz bu yerda yashay olmaydi. Bolangizni bunday xavf bilan yuzlashtirmang.”

Prezident Obama chegarada vaziyat og’irlashishiga yo’l qo’yilmaydi va keskin choralar ko’riladi deya ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG