Breaking News

Saylov kampaniyasida ko'ngillilarning hissasi katta


Saylov kampaniyasi va ko'ngillilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Prezidentlik uchun nomzodlar saylov kampaniyasi uchun katta pul sarflaydi. Shu bilan birga ularning muvaffaqiyatida volontyorlarning hissasi katta. Odamlarning nomzodlarga qiziqib, saylov kuni ovoz berishga chiqishida ana shu sahna ortida turgan odamlar muhim rol o'ynaydi.

Saylovchilar ruhini ko'taradigan yig'indan zo'ri yo'q. Ammo nomzod nutq qilishidan oldin va keyin bo'ladigan ishlar ahamiyati bundan kam emas.

"Ma'lumotlarni kiritish va ertangi kun rejalarini qilish bilan kechgacha qolib ketamiz".

Tim Fen kabi faollar Hillari Klinton kampaniyasida har kuni 12 soatgacha ishlaydi: eshik qoqib, ko'ngillilarni yig'adi, telefon orqali ingliz, koreys va ispan tillarida saylovchilar bilan gaplashadi.

"Ba'zan qo'ng'iroqqa javob berishmaydi yoki noto'g'ri raqam deyishadi. Ishontira olsak, Hillariga ovoz beramiz, deb aytishadi", - deydi faol.

Fen ko'ngillilar uchun maxsus tadbirlarni tashkil qilishga ham ko'maklashadi.

Berni Sanders tarafdori Jeremi Uayt ham shu kabi ishlar bilan band.

"Menga eng yoqadigan jihati ana shunday shijoatga ega va shu inqilob amalga oshishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladigan, chetda qolib ketgan odamlar huquqlarini ko'tarib chiqadigan odamlar bilan uchrashish", - deydi u.

Kino sanoatida ishlovchi Uayt hatto Berni qahvaxonasini ochdi.

"Ba'zi odamlar kirib qahva so'rashadi. Afsuski, bu yerda qahva sotmaymiz, lekin ularni ko'ngilli bo'lib bizga qo'shilishga chaqiraman", - deydi u.

Uyma-uy yurib tarafdor yig'ishdan tashqari, bu faollar Sanders surati aks etgan futbolka va boshqa buyumlarni sotadi.

Donald Tramp kampaniyasi vakillari bilan ham gaplashishga urindik, ammo ular qo'ng'iroqlarimizga javob bermadi. Lekin Tramp tarafdorlarini nomzod yig'inlarida ko'plab uchratish mumkin. Ular orasida muhojirlar va etnik ozchilik vakillari ham bor.

"Haqorat deb ko'rilgan narsalar aslida aytilishi kerak bo'lgan narsalar ham edi. Eng muhimi Amerikaning xavfsizligi, uning kuchliligi va yana buyuk bo'lishi", - deydi Tramp tarafdorlaridan biri.

"Ko'plab prezidentlarni ko'rdik. Kino yulduzlari, generallar, gubernatorlar, senatorlar ham bo'ldi, lekin milliarder bo'lmagan edi. Yangi odamlarni ham ko'raylik", - deydi Piter Fem ismli saylovchi.

Bu faollar turli nomzodlarga ovoz berishi mumkin, ammo ularning barchasi bir fikrda yakdil: fuqarolarning ovoz berishi muhim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG