AQSh razvedkasi Kanadada xalqaro sammitlarni zimdan kuzatgan

  • Amerika Ovozi

Amerika Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden hukumat millionlab fuqarolar kim bilan telefonlashib, elektron xat almashganini kuzatayotgani haqida matbuotni xabardor qilgan edi.

Amerika Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden hukumat millionlab fuqarolar kim bilan telefonlashib, elektron xat almashganini kuzatayotgani haqida matbuotni xabardor qilgan edi.

Si-Bi-Si – Kanada teleradiokompaniyasi xabariga ko’ra, Kanada hukumati Amerika razvedkasiga 2010-yilgi yirik xalqaro anjumanlarni yashirincha kuzatishga ruxsat bergan.

Gap Katta Sakkizlik va Katta Yigirmalik sammitlari haqida ketayapti.

Matbuot AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi, vatanida xoinlikda ayblanayotgan Edvard Snouden uzatgan hujjatlarga asoslanib xabar beradi.

Qo’shma Shtatlar, xususan, Ottavadagi elchixonadan razvedka qarorgohi sifatida foydalangan va Kanada maxfiy xizmati bilan hamkorlik qilgan.

Amerika razvedkasi Germaniya va Braziliya kabi ittifoqchilar ketidan ham zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar xalqaro janjalga sabab bo’lgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG