AQSh generali Toshkentda hamkorlik bitimi imzoladi

  • Amerika Ovozi

AQSh generali Toshkentda hamkorlik bitimi imzoladi

AQSh generali Toshkentda hamkorlik bitimi imzoladi

AQSh Markaziy Qo’mondonligi boshlig’i general Jeyms Mattis Toshkentda bo’lib, O’zbekiston Mudofaa vaziri, general-mayor Qobil Berdiyev bilan yirik bitim imzolagan.

2011 yil uchun mo’ljallangan bu hujjat AQSh Markaziy Qo’mondonligi va O’zbeksiton Mudofaa vazirligi orasida hamkorlikni mustahkamlashni ko’zlaydi, xususan xavfsizlikni ta’minlash bobida birga ishlash va harbiylar malakasini oshirishni. Yakunlanayotgan yil uchun shunday kelishuv imzolangan edi.

Bu general Mattisning qo’mondonlik boshlig’i sifatida mintaqaga ilk rasmiy tahrifi. Shu yil boshida, general Deyvid Petreus shu lavozimda O’zbekistonga safar qilgan va prezident Islom Karimov bilan uchrashgan edi. Petreus hozirda Afg’onistonda xalqaro koalitsiyaga qo’mondonlik qilmoqda.

O’zbekiston u yerdagi qo’shinlarga zarur mahsulotlar yetkazishda Amerika bilan hamkorlik qilayotgan davlatlardan biri. Shimoliy Ta’minot Tizimi deb atalgan yo’nalish O’zbekiston hududi orqali ham o’tadi. Rasmiy Toshkent bu borada Amerika bilan ko’proq ishlashga tayyor ekanini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG