Breaking News

Qayum Ortiqov - qamoq, qiynoq va bugungi hayoti - O'zbekiston - Interview with Uzbek Torture Victim


Qayum Ortiqov - qamoq, qiynoq va bugungi hayoti - O'zbekiston - Interview with Uzbek Torture Victim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:10:38 0:00
Yuklab oling

Bugun sizni AQShga yaqinda ko'chib kelgan bir oila bilan tanishtirmoqchimiz. Ularni bu yerga Amerika orzusi yetaklamagan. Vatanni o'z xohishi bilan emas, majburan tark etgan. Oxirgi bir necha yilni tahdid va qo'rquv ostida o'tkazgan. Chekilgan azobni unutib, ruhiy mashaqqatlarni yengib, yangi mamlakatda yangicha sharoitga moslashish, hayotda yangi sahifa ochish metin iroda talab qiladi. Qayum Ortiqov 2008-2011 yillar orasida O'zbekistonda qamoqda o'tirgan. Panjara ortida qiynoqqa solingan. Huquq tashkilotlari va BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, Ortiqovga nisbatan tinimsiz noinsoniy munosabatda bo'lingan. Hukumat uning ishi yuzasidan biror bayonot bermagan, lekin qiynoqlar iddaosini rad etib keladi. 2009-yilda inson savdosida ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Ortiqov panjara ortida unga Britaniya josusi deb qarashgani va aynan shuni tan olishi uchun qiynoqqa solishganini aytadi. "Sen va hamkasblaring sotqin" deb iqror qildirishga urinishgan.   Ortiqov Britaniya elchixonasida qo'riqchi bo'lib ishlagan. Undan oldin esa harbiy bo'lgan. 1990-yillar oxirida Amerikada treningdan o'tgan. Ortiqov O'zbekiston Milliy xavsizlik xizmati uni o'sha paytdan boshlab bosim ostiga olganini aytadi. Bu shaxs taqdiri G'arb matbuotida ko'tarilgach Britaniya aralashuvi bilan Qayum Ortiqov shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Tazyiq tinmagan. 2012-yilda u oilasi bilan Ukrainaga ketgan. 2014-yilning fevral oyida oilasi bilan Amerikaga ko'chib keldi, siyosiy boshpana oldi. U bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida Pensilvaniya shtatining Harrisburg shahriga bordik. Marhamat, tinglang. This VOA Uzbek special program is presented from Harrisburg, Pennsylvania. It features a political refugee family, recently settled in this part of America. Kayum Ortikov spent three years in Uzbek prison where, according to him and several credible human rights organizations, he was tortured for nine months. UN Committee Against Torture investigated his case and raised his issue with the Uzbek government. Ortikov worked for the British embassy as a security officer in Tashkent and was suspected of being a spy. As a military officer in the Uzbek army in late 1990s, he underwent training in the US. In 2009, he was officially charged with human trafficking, which human rights organizations decried as bogus, and sentenced for six years. While the Uzbek government never explained his case except denying that he was tortured, he was released under international pressure in 2011. Ortikov then went to Ukraine for treatment and was granted a political asylum in the United States in 2013. He now lives in Harrisburg with his wife and four children. As a victim of severe torture, Kayumov is still receiving medical and psychological treatment.  

XS
SM
MD
LG