AQSh Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro hamkorlikni kuchaytirishini istayapti


Vashingtondagi C5+1 yig'ini qatnashchilari

Vashingtondagi C5+1 yig'ini qatnashchilari

Markaziy Osiyo va AQSh ishtirotkidagi C5+1 formati uzoq kutilgan mintaqaviy hamkorlikni boshlab berishiga umid bildirilmoqda. AQSh turli geosiyosiy qutblarga tortilgan mintaqa davlatlari hamkorligini tiklash uchun yangi muloqot doirasini taqdim etgan. AQSh davlat kotibi, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Vashingtondagi uchrashuvi shu muloqotning navbatdagisi. Ekspertlarga o`zaro ziddiyatlardan xoli bo`lmagan mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish AQShdan izchil diplomatiya, moliyaviy ko`makni ham talab etadi.

AQSh mintaqa istiqboli integratsiyaga bog`liq degan qarashda, bu g`oya muhokama qilingan ilk uchrashuv Samarqandda o`tgan edi. Ikkinchisi Vashingitonda kuzatilaypti, mintaqaviy hamkorlik aniq loyihalar bilan to`ldirilishi kutilmoqda.

Toshkentlik jurnalist Yuriy Chernogayev C5+1 muloqotining Samarqanddagi uchrashuvlarini kuzatgan. Uning aytishicha, mintaqa rasmiylari o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj kuchli ekanligini tushunishadi, muloqotga aynan AQShning bosh qo`shayotgani esa uzoq kutilgan mintaqa integratsiyasiga jiddiy turtki berishi mumkin.

“Hali Samarqanddagi uchrashuvda boshqa yo`nalishlarda o`zaro ittifoqqa kelishning iloji yo`q ekan, ehtimol hamjihatlik aynan shu yangi format doirasida vujudga kelar, degan to`xtamga kelingan edi. Bu format dunyoning qudratli davlati AQSh tomonidan tashabbuslanayotgani, mintaqa davlatlari o`rtasida muloqotning tiklanayotgani bu juda muhim. Nafaqat Markaziy Osiyo, O`zbekiston uchun, balki mintaqa xalqi uchun, chunki ayrim davlatlar hatto xavfsizlikka doir hamkorlik yuzasidan ham o`zaro kelishuvga borishni xohlashmaydi”, - deydi Chernogayev.

Markaziy Osiyoning istiqboli mintaqa yaxlitligi, o`zaro intergatsiyaga bog`liqligi avval ham turli darajalarda ko`p bor ta'kidlangan, ammo bu integratsiya jarayonini yo`lga qo`yish, mintaqa hamkorligini uyg`unlashtrish hozirgacha amalga oshmadi.

Chernogayevga ko`ra buning sababi mintadagi geosiyosiy vaziyat, ayrim davlatlardagi siyosiy ambitsiyalari bilan bog`liq bo`lib keldi, AQSh takilif qilayotgan format esa siyosiy ambitsiyalar qo`zg`ashga emas, tomonlarni ochiq muloqotga chorlayotgani bilan diqqatli.

“C5+1 formati tomonlarni o`zaro suhbatdosh sifatida taqdim etadi, boshliqlar emas. Hozircha Samarqanddagi uchrashuv ortidan aniq natijalar kuzatilgani yo`q, ammo bilishimcha kutilayapti. Biz hozir mintaqada Tashqi ishlar vazirlari o`zaro kelishuvlarga erishishlari mumkinligini, shuningdek, AQSh bu jarayonga yangi bir turtki berishini kutib turibmiz. Umid qilamizki, AQSh bilan hamkorlik faqat xavfsizlik emas, balki iqtisodiy, moliyaviy tomonlardan ham siljish bilan kuzatiladi”.

Markaziy Osiyo integratsiyasi nafaqat o`zaro munosabatlar taranglashgani, balki mintaqa davlatlarining turli geosiyosiy qutblarga tortilgani bilan ham ancha qiyin jarayon sifatida baholanadi. Mintaqada Xitoy va Rossiya qudrati oshib borayotganidan tashqari, bu ikki davlat Markaziy Osiyo davlatlari a`zo qilingan iqtisodiy, siyosiy tashkilotlarga ham yetakchilik qilishadi.

Londondagi Markaziy Osiyo instituti tadqiqotchisi Alisher Ilhomovga ko`ra, mintaqada bir tomondan Xitoy va ShHTning, boshqa tomondan esa Rossiya va uning yetkachiligidagi tashkilotlar qudrati oshib bormoqda, ammo bu vaziyat mintaqaning G`arb bilan aloqalariga muqobil bo`la olmaydi.

“Mintaqa davlatlari baribir G`arbning ko`magiga muhtoj, agar gap texnologiyalar haqida ketadigan bo`lsa ham, birinchi navbatda bu Xitoy yoki Rossiyadan emas, Ga`rbdan, AQShdan kelgani ma`qul. Shunday ekan zamonaviy sanoatga, texnologiyalarga ko`ra rivojlanish istalsa, G`arbga ehtiyoji yo`qolmaydi. Qolaversa, rivojlangan davlatlarning xalqaro maydondagi geosiyosiy ta'siri ham ancha kuchli. Xalqaro moliyaviy institutlar, sarmoyalar haqida ham shunday deyish mumkin”.

Markaziy Osiyo va AQShdan iborat C5+1 formati tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuvlarni nazarda tutadi. Muloqot o`tgan yilning noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan uchrashuvlardan boshlangan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG