AQSh generali Toshkentda bo'ldi

  • Amerika Ovozi

General Lloyd Ostin AQSh Markaziy qo'mondonligi rahbari, bu lavozimda u Iroqdagi harbiy harakatlarga ham bosh-qosh

General Lloyd Ostin AQSh Markaziy qo'mondonligi rahbari, bu lavozimda u Iroqdagi harbiy harakatlarga ham bosh-qosh

General Lloyd Ostin AQSh Markaziy qo'mondonligi rahbari. Bu lavozimda u, xususan, Iroq va Afg'onistondagi harbiy harakatlarga ham bosh-qosh.

27-iyul kuni Oqsaroyda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan muloqot qilgan qo'mondon Afg'onistondagi vaziyat, Amerikaning u yerdagi maqsadlari, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, jumladan, O'zbekiston bilan xavfsizlik bobida birga ishlash haqida gaplashgan.

Tashrif tafsilotlari aniq emas, lekin shunisi ma'lumki, tomonlar hamkorlik uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirgan. Serqirra munosabatlarni yo'lga qo'yish haqida fikr almashilgan.

Amerika Markaziy qo'mondonligi Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afg'onistondagi harbiy faoliyatni nazorat qiladi.

AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul diplomatlardan biri Richard Xougland ham O'zbekiston va qo'shni davlatlarda bo'lib, aloqalarni muhokama qilgan. Uning aytishicha, rishtalar mahkam va o'zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda ish ko'riladi.

Yiuqorida qayd etilganidek, har ikki rasmiy safarida biror hujjat imzolanmagan yoki yangi kelishuv haqida ma'lumot yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG