AQSh Xitoyni kiber-xurujlarda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Moliya vaziri Jek Lyu

AQSh Moliya vaziri Jek Lyu

AQSh Xitoyni kiber-xurujlar ortida turganlikda ayblamoqda. AQSh Moliya vaziri Jek Lyu bu haqda Xitoy rasmiylari bilan xavfsizlik va iqtisodiy majlisda so'zlagan.

"Xitoy hukumati kompyuterlardan ma'lumot o'g'irlayotgani bizni tashvishga solmoqda", - dedi u.

Oy boshida o'tkazilgan tergovdan shunisi ma'lumki, xitoylik xakerlar AQSh hukumatining millionlab sobiq va amaldagi xodimlariga aloqador ma'lumotlarni o'g'irlagan. Obama ma'muriyati Xitoyni bu kiber-xurujlarda ochiq ayblamagan, ammo boshqa rasmiylar bu haqda bir necha bor og'iz ochgan.

Xitoy bilan bo'ladigan yillik majlisda bu masala ko'tarilishi aytilmoqda.

Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komiga ko'ra, o'g'irlangan ma'lumotlar 18 million xizmatchiga aloqador.

Rasmiy Pekin barcha ayblovlarni inkor etib, AQSh rasmiylari va matbuotini yolg'on ma'lumot tarqatayotganlikda ayblaydi.

"AQSh bilan bu jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlikka tayyormiz", - dedi Xitoy davlat mashalatchisi Yan Dzechi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG