Xitoy Obamadan Dalay Lama bilan ko'rishmaslikni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama Oq uyda Dalay Lama bilan uchrashmoqda, arxiv surat, 21-fevral, 2014-yhil

Prezident Obama Oq uyda Dalay Lama bilan uchrashmoqda, arxiv surat, 21-fevral, 2014-yhil

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, hech bir mamlakat Dalay Lama bilan uchrashmasligi kerak.

AQSh Prezidenti Barak Obama payshanba kuni Vashingtonda Tibet diniy rahnamosi bilan ayni tadbirda qatnashadi. Pekin bunga norozilik bildirmoqda. Xitoy rasmiysiga ko'ra, Qo'shma Shtatlar ikki tomonlama munosabatlarni o'ylab ish qilishi kerak. Pekin Hindistonda yashovchi Dalay Lamani bo'lginchilikda ayblab keladi.

Oq uyning ma'lum qilishicha, 5-fevral kuni Obama ibodat nonushtasida diniy erkinlik haqida nutq so'zlaydi. Dalay Lama ham tadbirga taklif etilgan, biroq ikki arbob o'zaro muloqot qiladimi, yo'qmi, AQSh ma'muriyati ma'lum qilmagan.

Obama Dalay Lama bilan o'tgan oy Vashingtonda uchinchi bor uchrashib, Xitoyni g'azablantirgan. Pekin nazarida diniy rahnamo Tibet mustaqilligi uchun kurashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG