Breaking News

Kreditor Xitoy Amerika tanazzulni yenga olishiga ishonadi


Kreditor Xitoy Amerika tanazzulni yenga olishiga ishonadi
Kreditor Xitoy Amerika tanazzulni yenga olishiga ishonadi

Qo’shma Shtatlarga katta miqdorda qarz bergan Xitoy, hamkor davlat iqtisodiy krizisni yenga olishiga ishonadi.

Bugun Pekinda AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ishtirokida yuqori darajadagi uchrashuvlarning ikkinchi kuni.

Iqtisodiyot, biznes va savdo – kun tartibidagi eng dolzarb mavzular. Jo Bayden Xitoy prezidenti Xu Tsintao, Bosh vazir Ven Tsiabao va vitse-prezident Shi Tsingping bilan muloqot qilgan.

Ularning ta’kidiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar ikkinchi Buyuk Depressiyaga qiyoslangan tanazzulni albatta yengadi. Bu davlat iqtisodiyoti o’zini o’zi tuzatish qobiliyatiga ega, deydi Pekin rahbariyati.

Xitoy Amerikaning eng yirik kreditori bo’lib, bir trilliondan ziyod dollar zaxirasiga ega. Vashington Pekinni “sarmoyangiz qadrsizlanmaydi” deya ishontirishga urinmoqda.

Pekinda ikkala davlat biznes yetakchilari sammitida AQShning tobora oshib borayotgan qarzi xavotir bilan tilga olingan.

Vitse-prezident Joy Bayden Xitoy hukumati va kompaniyalarini AQShga qo’rqmasdan sarmoya kiritishga undadi. “Bundan har ikki davlat foyda ko’radi, aholi ish bilan ta’minlanadi”, - deydi u.

Pekindagi uchrashuvlardan konkret bir natija shuki, AQSh va Xitoy kompaniyalari milliard dollarga teng savdo va sarmoya bitimlari imzoladi.

Amerika vitse-prezidenti Xitoyga safarini yakunlab, Mongoliyaga, so’ng Yaponiyaga yo’l olishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG