Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

  • Amerika Ovozi

Chikago maktablarida

Chikago maktablarida

Amerika va Xitoy erkinlik va demokratiya borasida turlicha fikrda, ammo tabiatni avaylash, atrof-muhit muhozafasi yuzasidan yaqindan hamkorlik qilishga bel bog’lagan. Davlatlar iqtisodiy jihatdan bir-biriga tobe ekanini tan oladi.

Chikago shahri ikki xalq orasidagi rishtalarni har tomonlama yaxshilash uchun uzoq yillardan beri hissa qo’shib keladi.

Odatda chet tillariga uncha qiziqmaydigan amerikaliklar bugun xitoy tilini sevib o’rganayotganini ko’rasiz. Bu muhim til, deydi ular, “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

“Yoshlar uchun bu tilni o’rganish kelajakda jumda qo’l keladi”,- deydi Ven Ya Lu, Chikagodagi o’rta maktabning katta o’qituvchilaridan.

Xitoy tili o’rgatila boshlaganiga 10 yildan oshdi. Nafaqat bu dargohda,deydi Ven Ya Lu, balki boshqa ilm maskanlarida ham Xitoy madaniyati va siyosati - alohida bir dars.

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

Hozirda Chikagoning o'zida 42 maktabda bu mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan.

Gap bu yerda asosan mandarin dialekti, eng ko’p gaplashiladigan lahja haqida ketmoqda.

Xitoy Chikagoga birodar shahar sifatida qaraydi. Prezident Xu Tsintao joriy yil AQShga safar qilganida bu azim shaharda ham to’xtab, mana shu maktablarda bo’ldi. O’quvchilar bilan o’z tilida muloqot qildi.

Xitoy Amerikaning eng yirik iqtisodiy hamkorlaridan biri ekan, til bilish muhim, deydi arboblar.

“Bugun mana Xitoyda ham biz va shahrimiz haqida yaxshi bilishadi. Til xalqlarni bir-biri bilan bog’laydigan vosita”, -deydi Vilyam Pens, Chikago-Xitoy qo'mitasi raisi.

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

O’tgan yili Shanxayda o’tgan katta ko’rgazma ham ko’p jihatdan Amerika manfaatlari uchun xizmat qildi.

Davlat kotibasi, AQSh bosh diplomati Xillari Klinton bu tashabbusga boshchilik qilib, ko’rgazmada alohida pavil’on tashkil etildi. U yerda ishlagan amerikaliklarning hammasi xitoy tilini biladi.

“Ko’rgazmada eng gavjum joy, bilasizmi, qayer bo’ldi? Amerika pavil’oni",- deydi Klinton xonim.

"Chunki u yerda yosh amerikaliklar xitoy tilida gapirib, davlatimiz haqida ma’lumot berdi. Xitoy ahli buni ko’rib hayratlandi. Ularga bu juda yoqdi. Savollar berib, javobni o’z tillarida amerikaliklarning o’zidan olib, maza qilishdi nazarimda. Bolalarimiz ham o’rgandi. Bu ishni davom ettirish kerak”.

Amerika hukumati tanishtirgan yangi loyiha “100 minglik Tashabbus” deb nomlangan. Maqsad 100 ming amerikalikni Xitoyga bilim olishga yuborish. O’quvchi va talabalar butun mamlakatdan tanlanadi. Tashabbus ortida prezident Barak Obamaning o’zi turibdi.

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

Xitoy va Amerika bir-birining til va madaniyatini yaxshiroq o'rganishga kirishgan

Tilga qiziqish katta, chunki til bilish shaxs uchun imkoniyatlar maydonini kengaytiradi. Xitoy yoshlari ham buni yaxshi biladi.

Bugun Amerika ilm dargohlarida o’qiyotgan chet elliklarning aksariyati Xitoydan, ayniqsa ingliz tilini o’rganayotganlar juda ko’p. Xitoy aholisi 1 milliarddan oshadi, Amerikaniki esa 300 million.

AQShda o’qish qimmat, ammo uning ilm maskanlari bilan tenglashish qiyin. Tomonlar bir-birini yaxshiroq tushunishi uchun bir-biridan o’rganishga majbur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG