Xitoy harbiy qudrati oshib, Amerika ustunlikni boy berishi mumkin, deydi AQSh qonunchilari

  • Amerika Ovozi

Xitoy-Hindiston qo'shma harbiy mashqlari

Xitoy-Hindiston qo'shma harbiy mashqlari

AQSh qonunchilaridan iborat kengash nazarida Xitoy harbiy qudrati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida muvozanatni buzmoqda.

Amerika bu mintaqada uzoq yillik jangovar ustunligini qo’ldan boy berishi mumkin, deyiladi AQSh-Xitoy iqtisodiy va xavfsizlik aloqalarini tahlil qiluvchi kengash hisobotida.

Unda yozilishicha, Xitoy hukumati Amerikaga qarshi keng ko’lamli kiber-josuslik kampaniyasini amalga oshirib keladi.

Kengash bunga chek qo’yish uchun sanksiyalarni ishga solishni tavsiya qiladi.

Rasmiy Pekindan bu masalada javob yo’q. O’tgan yili Xitoy Tashqi ishlar vazirligi kengashni eskicha yondashuvda, Sovuq urush davriga xos qarashlarda ayblab, tanqid qilgan edi.

Tahlilchilarning eslatishicha, Qo’shma Shtatlar mudofaa xarajatlari bobida Xitoyni ancha ortda qoldiradi.

Biroq oxirgi bir necha o’n yilda Pekin harbiy salohiyatini muntazam oshirib borayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG