Shimoliy Koreyani jazolash borasida Xitoy, Amerika fikri farqli

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi Pekinda besh soatdan oshiq gaplashgan. Amerika Pxenyanni keskin yangi jazo choralari bilan tartibga chaqirish tarafdori. 

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi Pekinda besh soatdan oshiq gaplashgan. Amerika Pxenyanni keskin yangi jazo choralari bilan tartibga chaqirish tarafdori. 

Qo'shma Shtatlar va Xitoy Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturini tugatish yo'lida birga ishlashda davom etadi.

Lekin ikki davlat oliy darajadagi rasmiylari Pekinda ko'rishar ekan, kommunistik Pxenyanning shu oy o'tgan yadroviy sinoviga qanday javob berish borasida Xitoy va Amerika fikri farqli.

Shimoliy Koreyani jazolash kerakmi yoki ogohlantirish, ochiq masala bo'lib qolmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi Pekinda besh soatdan oshiq gaplashgan. Amerika Pxenyanni keskin yangi jazo choralari bilan tartibga chaqirish tarafdori.

Xitoy rasmiysining aytishicha esa, mamlakat BMTning Pxenyanga qarshi yangi rezolyutsiyasini qo'llab-quvvatlashga tayyor. Lekin, deya ogohlantiradi Van Yi, Shimoliy Koreyaga qarshi choralar yangi mojaro-ixtiloflarga turtki bermasligi kerak. Sanksiya bilan biror narsaga erishish qiyin, deb hisoblaydi u.

Eslatish joiz, Xitoy Shimoliy Koreyaning ittifoqchisi, savdo hamkori va bu qashshoq mamlakatga iqtisodiy madad uzatib keladi.

Pekinning xavotiri shuki, kuchli sanksiyalar zaif Pxenyanni yanada agressiv harakat qilishga yoki bu davlatda tuzum qulashiga, ketidan esa Xitoy tomonga qochqinlar oqimi oshishiga yetaklashi hech gapmas.

Shunday ekan, BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyaga doir hujjatni muhokama qilsa ham kengashning doimiy a'zosi Xitoy uni to'sishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG