General Dempsi: Amerika - Osiyoda barqarorlik omili

  • Amerika Ovozi

AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabining qo’mondoni general Martin Dempsi Xitoyda hamkasbi general Fan Fenxuey bilan matbuot qanjumanida qatnashmoqda, Pekin, 22-aprel, 2013-yil

AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabining qo’mondoni general Martin Dempsi Xitoyda hamkasbi general Fan Fenxuey bilan matbuot qanjumanida qatnashmoqda, Pekin, 22-aprel, 2013-yil

AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabining qo’mondoni general Martin Dempsi Xitoyga safar qilib, ikki tomonlama harbiy aloqalarni xususida gaplashgan.

Qo’shma Shtatlar Osiyo va Tinch okeani mintaqasini tashqi siyosatdagi ustuvor yo’nalish deb regionda faolligini oshirar ekan, Xitoy bundan asabiylashmoqda.

General Dempsi Amerika hududda barqarorlashtiruvchi omil bo’lib xizmat qilmoqchi, deydi. Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar so’nggi o’n yilda Iroq va Afg’onistonda urush qilib, Tinch okeani va Osiyo mintaqasiga yetarlicha qiziqish bildirmagan.

Hududdagi davlatlar turli orollarni talashar ekan, Dempsi Amerika bu beqarorlikning oldini oladi, dedi.

AQSh generali Xitoy mudofaa vaziri bilan uchrashuv chog’ida Shimoliy Koreya yadro dasturi xususida ham gaplashgan. Qo’shma Shtatlar va mintaqa davlatlari Pxenyan to’rtinchi bor atom qurolini sinovdan o’tkazishi mumkinligidan xavotirda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG