Breaking News

Leon Panetta Xitoy askarlari bilan ko’rishdi


Xitoylik askar Panettaga savol bermoqda, Pekindagi harbiy akademiya, 19-sentabr, 2012-yil.
Xitoylik askar Panettaga savol bermoqda, Pekindagi harbiy akademiya, 19-sentabr, 2012-yil.
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta so’zlariga ko’ra, Vashington Osiyoga e’tiborni oshirar ekan, maqsad Xitoy taraqqiyotiga to’sqinlik qilish emas.

Vazir bugun Pekinda Xitoy harbiy akademiyasida so’zladi.


Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


“Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chuqquroq kirishdan maqsad Xitoy bilan rishtani mustahkamlash va hudud ravnaqiga hissa qo’shish. Amerika iqtisodiyoti, diplomatiya va xavfsizligi uchun tobora muhim bo’lib borayotgan bu mintaqada jonliroq harakat qilmoqchimiz”, - deydi Panetta.

Vazirning aytishicha, Amerika Shimoliy Koreya yadro dasturidan ehtiyot chora sifatida mudofaa tizimini oshirish niyatida.

Lekin maqsad Xitoyni urish emas, deya eslatadi Panetta. Pentagon rahbari kommunistik davlatga uch kunlik safari davomida harbiy rishtalarni yaxshilashga urg’u bermoqda.

Pekin nazarida Amerika regionda ta’sir doirasini oshirib, Xitoy yo’liga to’g’anoq bo’lmoqchi.

Vashington esa qudrati oshib borayotgan Xitoyni mintaqada agressiv xatti-harakatda ayblab tanqid qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG