Faollar: Jon Kerri Xitoyda huquq masalasini ko’tarsin

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Gin Xe, Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Seulda uchrashmoqda. 12-aprel, 2013-yil.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Gin Xe, Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Seulda uchrashmoqda. 12-aprel, 2013-yil.

Huquq himoyachilari AQSh Davlat kotibi Jon Kerrini ertaga Xitoyga safari paytida muxolifat va faollar taqdiri masalasini ko’tarishga undayapti. Amerika bosh diplomati tashrif paytida asosan Shimoliy Koreya haqida gaplashishi kutilmoqda.

Xalqaro amnistiya tashkiloti va Chegara bilmas muxbirlar kabi guruhlarning joriy hafta e’lon qilgan murojaatiga ko’ra, Vashington Xitoy bilan iqtisodiy sheriklikni, Shimoliy Koreya va boshqa xalqaro muammolarda Pekinning qo’llab-quvvatlovini o’ylab huquqiy muammolarni ko’tarmay qo’ydi.

Xalqaro hamjamiyat Xitoyni qanchalik siquvga olmasin, kommunistik davlatda ijobiy o’zgarish bo’layotgan yo’q, deyiladi huquq tashkilotlarining maktubida.

Rasmiy Pekin hukumat tanqidchilarini tahqirlab, Shinjon va Tibetda zolim siyosat yuritayotganlikda, fikr, matbuot erkinligini oyog’osti qilayotganlikda ayblab tanqid qilinadi. Jon Kerriga yo’llangan nomaga ko’ra, AQSh bilan aloqalar Xitoyda huquqiy normalar hurmat qilinishiga bevosita bog’liq bo’lishi kerak.

AQShda 21 senator ham davlat kotibini Tibet masalasini muhokama qilishga chaqirayapti. Rasmiy Pekinni bu isyonkor o’lka rahbariyati bilan muzokaraga da’vat etamiz, deyiladi qonunchilarning murojaatida.

Ular, shuningdek, Jon Kerrini Tibet muammosi bo’yicha mas’ul odam tayinlashga, Tibetda AQSh vakolatxonasini ochishga chaqirmoqda.

2009-yildan beri 100 dan ziyod tibetlik Xitoy repressiyasidan norozi bo’lib o’ziga o’t qo’ygan. Pekin ularni terrorchi deb tamg’alab keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG