Breaking News

Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada


Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada
Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada

Bugun Vashingtonda AQSh-Xitoy munosabatlariga doir yuqori darajadagi ikki kunlik muloqot boshlandi.

“Strategik va Iqtisodiy dialog” deb nomlangan yillik uchrashuvda dunyoning ikki eng qudratli davlati o’rtasidagi eng nozik masalalar ko’tariladi, jumladan inson huquqlari, savdo-sotiq, Xitoy valyutasi qiymati, mualliflik huquqi va hokazo.

Xalqaro kompaniyalar uchun Xitoy bozoriga kirish, u yerda o’z shirkatini ochish azaliy orzu. Arzon mehnat va mahsulotga cheksiz talab jalb etadi ularni.

Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada
Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada

Biroq biznes yo’lida to’siqlar ham talay. Musiqa va filmlardan lisenziyasiz nusxa ko’chirib sotish, ya’ni qora bozor keng rivojlangan. Xitoy valyutasi ustidan nazorat sabab bu davlatning savdo-sotiq bobida qo’li doimo ustun.

AQSh-Xitoy uchrashuvida bularning barchasi muhokama qilinmoqda.

AQSh Moliya vaziri Timoti Gaytnerning ta’kidlashicha, bundan ikki yilcha oldin xorijiy investorlar bilan hisoblashishni xayoliga ham keltirmagan rasmiy Pekin hozir iqtisodiy siyosatda ancha yumshagan.

Prezident Barak Obama shu yil boshida Xitoy rahbari bilan uchrashganida nafaqat intellektual mulk himoyasida bobida, balki AQSh kompaniyalariga bozorni kengroq ochishda ham ijobiy o’zgarishlar va’da qilingan edi.

Haqiqatdan ham, bugunga kelib kino sanoatida o’g’rilikka qarshi kurash kuchaygan. Davlat idoralari qonuniy kompyuter programmalaridan foydalanishga o’tmoqda. Yuan qiymati ham sekin-asta ko’tarilyapti.

“Bank-moliya sohasida islohotni tezlashtirish birinchi galda Xitoyning o’ziga foyda”, - deydi AQSh moliya vaziri.

Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada
Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada

“Chunki inflyatsiyani cheklash, ayniqsa ko’chmas mulk bozorida narx-navo sun’iy ravishda o’sishining oldini olishda eng samarali vosita shu. Xitoy mulozimlari buni oshkora tan ola boshlagan”.

Iqtisodiy salohiyat bo’yicha o’tgan yili Yaponiyadan o’zib, ikkinchi o’ringa chiqib olgan Xitoy eksportga tayanadi.

Hozir ichki bozorni kengaytirishga ham e’tibor oshgan. AQShning yana bir talabi shuki, Xitoyda xorijiy kompaniyalarga ham teng imkoniyat berilishi kerak.

“Davlatga qarashli korxonalarga imtiyozlar talay. Kredit olaman desa banklar past foiz taklif etadi, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun hukumatdan yordam olsa bo’ladi. Adolatli raqobat uchun sharoit yo’q”, - deydi moliya vaziri Timoti Gaytner.

Xitoy ham o’z navbatida Amerikaga ko’proq mahsulot sotishni istaydi. Shuningdek, yuqori texnologiyalar eksportiga qo’yilgan cheklovni bekor qilishni so’ramoqda, ayniqsa harbiy sohada.

Inson huquqlari - oradagi eng nozik masala.

Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada
Vashingtonda AQSh-Xitoy uchrashuvi: Savdo, yuan, huquq muhokamada

Davlat kotibasi Xillari Klinton Xitoyda shu yil boshidan beri o’nlab odam bedarak ketgani, hukumatni tanqid qilgan ziyolilar, yozuvchi, advokat, san’at arboblari qamoqqa olinganini qayd etadi.

“Fuqaro huquqlari bilan bog’liq vaziyat yuqori darajadagi har bir uchrashuvda ko’tariladigan mavzu” , - deydi Davlat kotibi o’rinbosari Kurt Kembel.

“Xitoylik hamkorlardan huquqi poymol etilgan konkret shaxslarning ismi, ular qayerda va qanday sharoitda saqlanayotgani, nima uchun qamoqda ekani, qonunga xilof harakatlar haqida tushuntirish talab qilamiz”, - deydi u.

Vashingtonda o’tayotgan ikki kunlik muloqotda ilk bor AQSh va Xitoy harbiylari ham qatnashmoqda. Shimoliy Koreya, Sudan, Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Osama Bin Ladenning o’limidan keyin terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik – kun tartibidan o’rin olgan mavzular.

XS
SM
MD
LG