Xitoy-Amerika: Samodagi mushtarak maqsadlar

  • Amerika Ovozi

Xitoyning samoviy vositalari, Pekin

Xitoyning samoviy vositalari, Pekin

Dunyodagi ikki yirik mamlakat - Xitoy va AQSh - samodagi maqsadlarini uyg'unlashtirib, birgalikda fazoni tadqiq etishga qodirmi? Mutaxassislar "ha" deya javob bermoqda.

Yaqinda Davlat departamenti ikki tomonlama kosmik muzokaralarga mezbonlik qildi. AQSh va Xitoy fazo agentliklari rasmiylari va olimlari gaplashib olishdi. Muloqot davom etadi, deydi diplomatlar.

Vashingtondagi anjumanda harbiylar, mudofaa rasmiylari, iqlimshunoslar va fazoshunoslar faol ishtirok etgan.

Amerika shu paytgacha Xitoyga fazoda dushman sifatida qarab kelgan. NASA, AQSh Fazo agentligi va CNSA, Xitoy Fazo agentligi orasida hamkorlik yo'q. AQSh samoviy maqsadlarda Xitoy vositalarini ishlatmaydi. Bu qonunan man etilgan.

Biroq NASA Kongressdan taqiqlarni bekor qilishni so'ramoqda.

Olimlar va siyosatshunoslar bu borada tarqoq. Tahlilchilar nazarida Xitoyga ishonishga shoshmaslik lozim. Kongressda bu borada qonunchilar oldida so'zlagan ekspertlar AQSh fazo sektorini Xitoy aeronavtika markazlari bilan ehtiyot bo'lib ishlashga undadi.

Xitoyda fazo tadqiqotlari harbiy sohaning bir qismi, deydi siyosatdonlar, Amerikadagi singari alohida emas. NASA va Pentagon bir-birining ishiga aralashmaydi va fazoviy loyihalar harbiy maqsadlarni ko'zlamaydi.

Biroq Davlat departamenti nazarida ikki davlat, jahondagi eng yirik ikki hamkor va raqobatchi, insonnning samodagi faoliyati yuzasidan kelishib ishlashi nihoyatda muhim. Bu xavfsizlik va hamjihatlik garovidir, deydi diplomatlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG