Breaking News

Amerika-Xitoy aloqalarida inson huquqlari nozik masala


Xitoy vitse-prezidenti Shi Tsinping
Xitoy vitse-prezidenti Shi Tsinping

Boshlanayotgan haftada Xitoy vitse-prezidenti Shi Tsinping Vashingtonga tashrif buyuradi. Xitoy rasmiysi Vashington bilan Pekin o’rtasidagi murakkab masalalar, shu jumladan Suriya va Tibet yuzasidan kelishmovchilikka chek qo’yishga tayyormi?

Xitoy va AQSh rasmiylari doimo o‘zaro hamkorlik muhimligini ta’kidlab keladi. Vaholanki, munosabatlar so’nggi paytlarda ancha taranglashdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Liu Veyminning aytishicha, Pekinning umidi shuki, bu uchrashuv o’zaro ishonchni oshirish, Xitoy-Amerika aloqalari barqaror bo’lishi uchun xizmat qiladi.

Dunyoning ikki davlati azaldan bir-biriga ishonmay keladi, hatto eng yaqin biznes hamkorlar bo’lsa ham.

Xitoy, Rossiya qatorida, Suriya masalasida AQSh bilan kelisha olmayapti. Bashar al-Assad ketishi kerak degan chaqiriqqa ular qo’shilmaydi.

Xitoy diplomatlari nazarida davlatlar orasidagi bunday kelishmovchiliklar tabiiy. Muhimi, deydi ular, tomonlar bir-biriga teng sherikdek qarab, bir-birining pozitsiyasini hurmat qilishi kerak.

Shi Tsinping - Xitoyning bo’lajak rahbari. Kelasi yildan Kommunistik Partiya raisi va shu tariqa prezident bo’ladi.

Amerikaga tashrifdan yana bir maqsad – uni tanitish, nafaqat bu davlatga, balki butun dunyoga.

59 yoshli Shi Tsinping Xitoy siyosiy maydonida uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan arbob. Amerika va Yevropa rahbarlari bilan ko’p marta muloqotda bo’lgan, lekin 14-fevralda Oq Uyda kechadigan muloqot Obama bilan ilk muzokara bo’ladi.

Vashington-Pekin aloqalari jahondagi eng muhim va murakkablardan. Davlatlar bir-birining siyosati va iqtisodiy strategiyasini tez-tez tanqid qilib turadi, ammo ular eng yirik global sheriklar ham. 2010-yilda o’zaro savdo aylanmasi qariyb 500 milliard dollarni tashkil etgan. O’tgan bir yil ichida u yanada oshgani taxmin qilinadi. Xitoy eksportining deyarli 30 foizi Amerikaga keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG