Breaking News

Xitoyda AQShning yangi elchisi ish boshladi


AQShning Xitoydagi yangi elchisi Maks Bokus, Pekin, 18-mart, 2014-yil.
AQShning Xitoydagi yangi elchisi Maks Bokus, Pekin, 18-mart, 2014-yil.
Xitoyga yangi tayinlangan AQSh elchisi Maks Bokus o’z ishini AQSh-Xitoy aloqalarini kuchaytirishga e’tibor berish bilan boshladi. Jurnalistlarga aytishicha, ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash uning uchun asosiy vazifa bo’ladi.

Bokus Gari Lok o’rnini egallayapti. Sobiq elchi xayrlashish nutqida inson huquqlari masalasiga e’tibor qaratib, Xitoyda taraqqiyot qonun ustuvorligi va mustaqil sud tizimining ta’minlanishiga bog’liq ekanini ta’kidlagan edi.

Avval AQSh senatori bo’lgan Bokus iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qarab, shuningdek, Pekinni qonunlarni va inson huquqlarini hurmat qilishga undashini aytdi.

AQSh bir qator xalqaro masalalarda, jumladan, Shimoliy Koreyaning yadro dasturini tugatish hamda Suriyadagi fuqarolar urushiga chek qo’yish yuzasidan Xitoy bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ammo ikki davlat aloqalari o’zaro ixtiloflardan ham xoli emas. Masalan, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlar yuzasidan yuritayotgan siyosati hamda iqtisodiyotni nazorat qilishga qaratilgan davlat dasturi Vashingtonning tanqidiga uchragan.

Ayni paytda AQSh rahbari Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obama onasi va farzandlari bilan Xitoyga safar qilmoqda.

Oq uy rasmiylarining aytishicha, Obama xonim tashrifi davomida, asosan, ta’limga e’tibor qaratib, shuningdek, inson huquqlari hamda savdoga aloqador mavjud sharoitlar bilan ham tanishadi.

Mishel Obama safari davomida Pekin Universitetiga hamda Chengdu shahridagi maktabga borishi rejalashtirilgan. Uning, shuningdek, Xitoy prezidenti Si Zinpinning rafiqasi Peng Liyuan bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG