AQShda mamlakat tarixidan bexabar odamlar ko’p

  • Amerika Ovozi

Janubiy Dakota shtatidagi obida AQSh sobiq prezidentlarini aks ettiradi

Janubiy Dakota shtatidagi obida AQSh sobiq prezidentlarini aks ettiradi

Yaqinda olib borilgan ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, oliygohlarni bitirganlarning 10 foizi "Sudya Judi” nomli televizion shousi bilan tanilgan Judit Shendlin AQSh Oliy sudi a’zosi deb o’ylaydi.

AQSh Konstitutysiyasi muallifi kim deb so'ralganda, respondentlarning 60 foizi Tomas Jefferson deb javob qilgan, vaholanki Jefferson Mustaqillik deklarasiyasini yozgan arbob. Bosh qomusni esa Jeyms Medison bitgan.

Konstitutsiya qanday qilib o'zgartiriladi deganda, oliy ma'lumotlilarning 60 foizi javob berolmagan. 40 foizi esa Kongress urush e’lon qilish vakolatiga ega ekanligini bilmagan.

Senat mamlakat prezidentiga impichment, ya’ni ishonchsizlik e’lon qilishi mumkinligini ham so’ralganlarning deyarli yarmi aytib berolmagan.

2012-yilda shunga o’xshash so’rov o’tkazilganida ham Amerika oliygohlarini tugatganlarning ko'pi tarixiy faktlar haqidagi savollarga noto'g'ri javob bergan yoki umuman javob berolmagan.

Gumanitar fanlarga ixtisoslashgan 1100 kollej va universitetdan bor-yo’g’i 18 foizida Amerika tarixi, davlat tuzumi va tarixi o’rganiladi.

“Qayta-qayta o’tkazilgan so’rovlar natijasida oliy ma’lumotli amerikaliklar hukumatning qanday faoliyat yuritishi, uning hozirgi shakliga qaysi tarixiy jarayonlar sabab bo’lganini tushunmasligi aniqlangan. Bu shunchaki faktlarni bilmaslik emas, chuqur muammodan darak darak beradi. Yosh avlod jamiyat va siyosatga qiziqmaydi”, - deydi so’rovlarni o’tkazgan ACTA tashkiloti.

ACTA mustaqil, nodavlat tashkilot bo’lib, nizomiga ko’ra, Amerika oliy o’quv yurtlarida erkinlik, kamolot va javobgarlikni targ’ib etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG