Breaking News

Tenglik va adolat uchun kurash to'xtaydimi?


Tenglik va adolat uchun kurash o'zi to'xtaydimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00

1950-60-yillarda afro-amerikaliklar teng huquq talab qilib chiqdi va muvaffaqiyatga erishdi. Janubiy shtatlarda “qora tarix”ga bag’ishlangan muzeylar ko’p.

Mahalliy aholi azob-uqubatlarga to’la xotiralarni eslab, o’z tarixini o’rganmoqda. Shaharlar rahbariyatlari esa odamlar bilimini oshirish barobarida turistlarni ham jalb qilmoqchi.

Atlanta shahri sobiq meri Shirli Franklin Martin Lyuter Kingning shaxsiy maktublarini shahardagi yangi muzeyga taqdim etgani bilan faxrlanadi.

“Ular Martin Lyuter Kingning kim va qanday odam bo’lganini tushunishda yordam beradi”, - deydi u xatlar haqida.

Franklin qora tanlilar huquqlari kurashchisi maktublarini asrab, Fuqarolar va inson huquqlari markazini qurishga bosh-qosh bo’ldi.

“Men bu muzey muvaffaqiyatiga azaldan ishonganman, chunki Amerika tarixi, xususan, Atlanta tarixidagi bo’shliqni to’ldiradi. Atlantaning boshqa joylarida fuqarolar huquqlari haqida buncha material topolmaysiz,” - deydi u.

Atlantada Amerika qora tarixini o’rganishga e'tibor kuchli. Bu mavzuga bag’ishlangan muzeylarga yiliga bir milliondan ko’p odam boradi. Sobiq mer Endryu Yang sayyohlar uchun shahar tarixi qiziq, deydi.

“Fuqarolar tarixinini o’rganaman degan turistlar avvalambor Atlantaga keladi. Bu bizning merosimiz axir,” - deydi u.

Bundan 50 yil avval qora tanlilar huquqlari uchun kurashning ko’pi Alabamada o’tgan. Bu yerdagi muzeylarga ham yiliga minglab odamlar tashrif buyuradi. Fred Grey Taskigidagi muzeyga asos solgan:

“Alabama teng huquqli fuqarolar iqtisodiy o’sish va taraqqiyot garovi ekanini tan oladi. Tariximizni asrashimiz kerak,” - deydi Grey.

Ayrim sayyohlar muzeylarga kelib, hissiyotga to’ladi.

“Qora tanlilar huquqlari uchun kurashganlarning mehnati va mashaqqatini ko’rasiz, hissiyotlarini tuyasiz”, - deydi mana bu sayyoh.

“Odamlar bilishni istaydi, ular, bolalarimiz bilishi kerak. Tarixni, o’tmishni o’rganmay olg’a yurib bo’lmaydi”, - deydi yana bir turist.

Atlantada esa Fuqarolar huquqlari markazini kengaytirish rejasi bor. Yoshlar uchun alohida dasturlar amalga oshiriladi.

“Hozirgi yoshlar qora tarix haqida hech narsa bilmasligi mumkin. Ammo biz kelajak avlodlar uchun bu bilimni saqlab qolishimiz kerak,” - deydi Emori universiteti professori, siyosatshunos Alan Abramovich.

Atlantada Martin Lyuter King tug’ilgan uy joylashgan. U mash’um tarixga bag’ishlangan ko’plab muzeylardan biri. Fuqaro huquqlari yo’lidagi kurashda muhim rol o'ynagan dargoh bu.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG